"Vodiy futboli". Bugun "Qo'qon-1912" va "Andijon" kubok doirasida o'yin o'tkazishadi
12 iyu 2015 15:38
Yangiliklar

"Vodiy futboli". Bugun "Qo'qon-1912" va "Andijon" kubok doirasida o'yin o'tkazishadi
Bugun vodiyning ikki klubi O'zbekiston kubogi 1/8 finali dastlabki uchrashuvi doirasidagi o'z o'yinlarini o'tkazishadi.
"Neftchi" kecha o'z qarorgohida yig'ildi
Kecha Murod Ismoilov boshchiligidagi "Neftchi" klubi o'z qarorgohida yig'ildi. Jamoa Qirgulidagi bazada mashg'ulot o'tkazmoqda.
Futbolchilar "Olmaliq"qa qarshi o'yindan so'ng 3 kun xordiq olishdi. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik boshlandi.
Eslatib o'tamiz, jamoa keyingi bahsni Qo'qonda "Qo'qon-1912" klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 19 iyun kuni bo'lib o'tadi.
"Qo'qon-1912". Bugun "So'g'diyona"ga qarshi o'yin
Bugun O'zbekiston kubogi 1/8 final o'yinlari davom ettiriladi. "Qo'qon-1912" jamoasi 1/8 finalda "So'g'diyona" bilan bellashadi, dastlabki o'yin Zomindagi "Zomin" stadioinida bo'lib o'tadi.
Qo'qonliklar ayni paytda Yangierdan Zomin tomon yo'lga chiqishgan. O'yin 18:00 da boshlanadi.
"Andijon" "Metallurg"ni mehmon qiladi
O'zbekiston kubogi 1/8 finali doirasida "Andijon" klubi o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi.
Edgar Gess boshchiligidagi jamoa o'tgan hafta oliy liga doirasida safarda "So'g'diyona"ni mag'lub etib qaytgan edi. Bugungi uchrashuv soat 18:30da "Sog'lom Avlod" stadionida bo'lib o'tadi.

Fikrlar