So’nggi yangiliklar

08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  0 07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  0 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  1 01:26Элдор Мойлиев: "Суперлигада ҳамма жамоалар тенг кучли, кимнинг омади келса шу ютиб кетяпти"  2 01:19Баҳром Ҳайдаров: "Узоқ кутилган ғалабага эришдик"  0 00:46Доннарумма "ПСЖ"дан кетади: "Кимдир мени жамоанинг бир бўлаги сифатида кўришни хоҳламади"  9 00:16"Реал Мадрид" мавсумолди ўртоқлик учрашувида Австрия клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  5 23:56Максим Шацких: "Ҳатто ютганимизда ҳам дурангга лойиқ ўйин бўлди дердим"  19 23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  7 22:31Суперлига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Қўқон-1912" сафарда "Шўртан"ни енгди  12 22:30Сергей Лушчан: "Бу ғалаба жамоамизга олдинга қараб ишлаш ва ривожланиш учун туртки беради"  13 22:10ПСЖ Доннарумма учун 50 миллион евро сўрамоқда. "Манчестер Сити" бу суммани кўп деб ҳисобламоқда  2 21:35Миржалол Қосимов: "Адолатли дуранг қайд этилди, сабаби..."  3

Vladislav Aleksin: Muxlislarimizni uyaltirib qo'ymaymiz Yangiliklar

Vladislav Aleksin: Muxlislarimizni uyaltirib qo'ymaymiz

"Navbahor" safiga "Norin" jamoasidan taklif etilgan Vladislav Aleksin ortda qolgan O'zbekiston Birinchiligida o'zini yaxshi namoyon qildi.

Haqqulobodliklar safida 15 ta gol kiritishga erishgan hujumchi ikkinchi davradan etiboran "Navbahor" sharafini himoya qiladi. Mashg'ulotlardan so'ng Aleksinni suhbatga tortdik.

- Vladislav, ikkinchi davraga judayam qizg'in tarradud ko'ryapsizlar. Xo'sh, kayfiyatlar qanday?

- Hammamizni kayfiyatimiz alo darajada, muhit esa ajoyib. Jamoamiz ikkinchi davraga munosib tayyorgarlik ko'rmoqda. Dastlabki o'yinda g'alaba qozonmoqchimiz.

- "Navbahor" yig'in doirasida 3 ta nazorat uchrashuvi tashkil etib, ikki o'yinda g'alaba qozondi. "Buxoro"jamoasini nimani hisobiga mag'lub etdingizlar?

- "Buxoro" klubi yaxshi shakllangan jamoa ekanligi sezilib turdi. Bejizga ular musobaqa jadvalining yuqori qismida borishayotgani yo'q. Buxoroliklarga qarshi o'yin biz istagandek boshlanmadi. Ammo tezda o'zimizni o'nglab, yakunda g'alaba qozondik. O'sha uchrashuvda hujumkor o'yin ko'rsatdik va shu jihat ham g'alabani taminladi, deb o'ylayman.

- "So'g'diyona"ga qarshi kechgan o'yinchi?

- Bilasizmi, "So'g'diyona"ga qarshi himoyaviy taktikani qo'lladik. Qanday o'ynashimizni oshkor qilmoqchi emasmiz. Oldimizda "Lokomotiv"ga qarshi qiyin uchrashuv kutib turibdi. SHuningdek, jizzaxliklar bilan ikkinchi davraning 3-turida to'qnash kelamiz. Har holda har bir jamoaning o'z strategiyasi bor.

- Keling, endi o'zingiz haqingizda qisqacha malumot bersangiz.

- Men 1993 yil sentyabr oyida Navoiyda tug'ilganman. Futbol sir-asrorlarini shu erda o'rganganman. Taqdir taqozosi bilan oilamiz bilan Rossiyaga ketganmiz va o'sha erda futbolchilik faoliyatimni davom ettirganman.


- Bilishimizcha, Ravshan Bozorov Sizni O'zbekistonga chaqirgan ekan?
- Xuddi shunday. Ravshan aka bilan "Dinamo" (Samarqand)ning yoshlar jamoasi bilan shug'ullanib yurganimda tanishganman. Meni yaxshi bilganliklari uchun "Norin" jamoasiga taklif qildilar. Haqqulobodda ham yomon jamoa tuzilmagan edi.

- Vladislav, bilasizmi 1-liga bilan Oliy liga o'rtasida osmon bilan erchalik farqi bor. Ko'pchilik Sizni elitada yo'qolib qolmasmikan, degan fikrda.

- Ravshan Bozorov futbolchilik faoliyatida hujumchi bo'lganligi uchun biz hujumchilar bilan o'zlari, alohida dastur asosida ish olib bormoqdalar. Bizga ishonib "Navbahor"dek jamoaga taklif qildilarmi, demak biz jon-jahdimiz bilan o'ynaymiz. Axir bizni orqamizda futbolni sevadigan muxlislarimiz turishibdi bizga umid bog'lab. SHuning uchun ularni yuzlarini erga qaratmaymiz.

- Oliy ligada nechta gol urishni maqsad qilgansiz?

- Avvalambor, kiritgan gollarim jamoamizga g'alaba taqdim etsin. Biz har bir o'yinga g'alaba tushamiz. Faqatgina muxlislarimiz stadionni to'ldirib, bizni qo'llab-quvvatlab turishsa bas.

- Ikkinchi davrada rahbariyat tomonidan qanday vazifalar qo'yilgan?

- SHu o'rinda klub rahbariyatiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Bizga barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Rahbariyat tomonidan albatta har bir uchrashuvda g'alaba qozonish vazifasi etib qo'yilgan. Biz birinchi davrada yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf qilishimiz shart. Eng asosiysi, jamoamizdagilarni kayfiyatlari alo darajada. Bir oilamiz va o'zimizga ishonamiz. "Navbahor"ni avvalgi mavqeini tiklashga barchamiz bel bog'laganmiz. O'z navbatida muxlislarimiz "Navbahor"ga ishonishlarini va doimgidek ajoyib tarzda qo'llab-kuvvatlab turishlarini so'rab qolardim. Futbol albatta muxlislar uchun o'ynaladi. Har bir uchrashuvda ishqibozlarimizni hushnud etishni istaymiz.


Obid RUSTAMOV suhbatlashdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика