So’nggi yangiliklar

12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистонидан ҳозирги таркибда кимлар ўйнамоқда?  0 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  0 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  6 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  5 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  3 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  11 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  9 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  29 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0 08:29Почеттино «Арсенал»дан қабул қилиб олинган йирик мағлубият сабабини айтди  4 08:20ОЧЛ. "Ал Ҳилол" - "Ал Айн" 2:1  1 08:15U23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 3:0   2 08:04Италия Кубоги. «Ювентус» — дастлабки финалчи  0 07:38Осиё кубоги. Бугун футзалчиларимиз ярим финал йўлланмаси учун баҳс олиб боради  2 01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  27

Vladimir Bubanya: "Andijon"dagi debyut mavsumim alo darajada o'tdi" Yangiliklar

Vladimir Bubanya: "Andijon"dagi debyut mavsumim alo darajada o'tdi"

Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Andijon" klubi endi bor etiborini yangi mavsumga qaratgani hech kimga sir emas.

Albatta, jamoaning Pro ligada muvaffaqiyatli ishtirok etishida jamoadagi futbolchilarning o'rni beqiyos bo'lgani ayni haqiqat. 

Bu masalada gap ketganda legioner o'yinchilarning xizmatini unutmaslik lozim. Serbiyalik legioner himoyachi Vladimir Bubanya ham muxlislar mehrini qozongan futbolchilardan biri bo'ldi. U 25 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi. Uning ham himoyadagi ishonchli o'yinlari jamoaning Superligaga qaytishida muhim omillardan biri bo'ldi. Mudofaa vakili "Mashal", "Turon" va "SHo'rtan"ga qarshi Andijondagi bahslarda Bubanya gollari bilan jamoasining g'alabalari uchun katta hissa qo'shdi. 



Serbiyalik legionerga ortda qolgan mavsum borasidagi ayrim savollar bilan murojaat qildik.   

- Vladimir, “Andijon” klubida o'tkazgan debyut mavsumingizdan har tomonlama qoniqqan bo'lsangiz kerak-a?

- Ha, o'ylaymanki, birinchi mavsum alo darajada o'tdi.

- Bungacha Superliga faoliyat olib borgansiz. Ilk bor Pro ligada to'p tepdingiz. Ayting-chi, uning darajasi qanday?

- Albatta, bungacha men Superligada o'ynaganman. Pro ligada nihoyasiga etgan mavsum ham ancha ko'tarinki ruhda o'tdi. Ayniqsa, "Andijon", "Buxoro" va "Turon" klublarining mavsumni zo'r o'tkazib, Superligaga chiqishgani ham fikrimga isbot bo'la oladi.


- Siz uchun esda qoladigan uchrashuvlar qaysilari bo'ldi?

- O'yinning oxirgi daqiqalarida ikki-uch bor to'plar kiritib, o'ziga xos natija ko'rsata olganimizni aytishim mumkin.

- Siz o'ynagan jamoalaringizda 15-raqam ostida to'p tepasiz. Buning sababini ayta olasizmi?

- 15 — mening omadli raqamim.

-  "Andijon" bilan birgalikda vazifani muvaffaqiyatli bajara oldingiz. Oson bo'lmagan mavsumdan so'ng qaerda hordiq chiqaryapsiz? 

-  Eng asosiysi, biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara oldik. Hozirda oilam davrasida – uyimda hordiq chiqaryapman.

-  Kelasi yil uchun rejalaringiz qanday? Yana "Andijon"dagi faoliyatingizni davom ettirasizmi?

-  Mavsum yaxshi o'tdi. Hozirda mening xizmatimga qiziqish bildirgan 2-3 ta jamoadan takliflar bor. Agar hammasi ko'ngildagidek davom etsa, "Andijon"da qolib o'ynayveraman.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика