Viynaldum: "Bizni faqatgina ECHL qutqarib qolishi mumkin"
09 mar 2021 22:31
Yangiliklar


Viynaldum: "Bizni faqatgina ECHL qutqarib qolishi mumkin"
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Viynaldumning aytishiga ko'ra, ushbu mavsumda ECHLdagi g'alabagina jamoani qutqarib qolishi mumkin.
"Bizni faqatgina ECHLdagi g'oliblik qutqarib qola oladi. Biroq buni uddalash juda qiyin ish. Turnirda ishtirok etayotgan barcha jamoalarni mag'lub etishning imkoni bor. Tan olish kerak, muxlislar bizga juda katta kuch berayotgandi. Biroq ularsiz ham yaxshi o'yin ko'rsatishni uddalashimiz kerak. Agarda tribunada muxlislar bo'lganida bunday og'ir holatga tushib qolmasdik", - dedi Viynaldum.
ECHL 1/8 finalining javob bahsida "Liverpul" o'z maydonida 10 mart kuni "Leypcig"ga qarshi o'ynaydi. Dastlabki o'yinda mersisaydliklar 2:0 hisobida g'alabaga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar