So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  3 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  3 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  0 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  2 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  6 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  7 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Vitaliy Levchenko: "Sovrindorlar qatoridan o'rin olsak, bundan faqat xursand bo'lamiz" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Sovrindorlar qatoridan o'rin olsak, bundan faqat xursand bo'lamiz"

Coca Cola Superligasining 19-turidan o'rin olgan "Turon" - "Neftchi" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Bugun shiddatli o'yin guvohiga aylandik, sababi bir viloyatning ikki jamoasi o'rtasidagi to'qnashuvlar hamisha keskin ruhda o'tadi. Bugun penalti ham, chetlatishni ham ko'rdik. SHu bois, o'yin muxlislarga manzur bo'ldi deb o'ylayman. Bugungi matonatli g'alaba bilan jamoani tabriklayman.

- Bugungi o'yinda penalti belgilanishi va qizil kartochka shubhali bo'lmadimi?

- To'g'risini aytsam, penalti belgilangan vaziyatda futbolchimizning zarbasini ko'rdim. Ammo to'p raqib futbolchisining qo'liga tekkan-tegmaganini ko'rmadim. Hakam VARni ko'rdi va penalti belgiladi. To'p qo'lga tekkan yo aksincha bo'lganini men turgan joydan ko'rib bo'lmasdi. Bu maydondagi hakam va VAR qarori edi. Qizil kartochkaga kelsak, bilmadim, biz vaziyatni ko'rdik, to'qnashuv sodir bo'ldi. Hakam cho'ntagidan qizil kartochkasini chiqardi. Bu uning qarori.

- Lutfulla To'raev qaydnomaga ham kiritilmadi. Bu uning o'tgan o'yinda penaltidan gol urolmagani bilan bog'liqmi yoki boshqa sababi bormi?

- To'raev kechagi o'yinoldi mashg'ulotlarida oyog'ida og'riq his qildi, uning kichik jarohatini jiddiylashtirmaslik maqsadida unga dam berishga qaror qildik. Lutfulla jamoa sardori, u biz bilan shu erda, endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'radi.

- Oldinda ikki tur qoldi. Yoshlarni sinab ko'rish rejangiz bormi?

- Bugun guvohi bo'lgan bo'lsangiz, Valiev maydonga tushdi. Biz U-21 jamoadan ko'plab yoshlarni jalb qilyapmiz. Mashg'ulotlarda ular moslashib boradi. Ammo bu tez sodir bo'ladigan jarayon emas, chunki yoshlar futbolidan kattalar futboliga o'tish murakkab jarayon hisoblanadi. SHu bois, biz umidvor bo'lgan yoshlar bor. Keyingi turlarda ularga ko'proq imkoniyat taqdim etilishi mumkin.

- Bugun Jo'raboev zaxirada qoldirildi, uning o'rnini Larin egalladi. Biroq ko'p xatoga yo'l qo'ydi. Himoyachining o'yinini qanday baholaysiz?

- Larin uzoq vaqt o'ynamagandi, endi-endi maydonga tusha boshladi. U uchrashuvni asabiy ruhda boshladi, ko'p xatoga yo'l qo'ydi, ammo keyinchalik yishitlarning o'zi uni tinchlantirishdi. Tanaffusda esa undan bosiqlikni va mutanosib o'yin namoyish etishini so'radik. Uning o'yinga kirishib ketishi uchun vaqt kerak. Ha, himoyachining xatoga yo'l qo'ygan paytlari bo'ldi, biroq bu o'yinga jiddiy tasir o'tkazmadi. Himoyachilar o'z darvozasiga to'p kiritilishiga yo'l qo'ymasa, o'z masuliyatini bajargan hisoblanadi.

- "Neftchi"da sovrindorlar safidan o'rin olish imkoniyati saqlanib qolganmi?

- Biz qabul qilib olingan ikki mag'lubiyatdan keyin ham taslim bo'lmaymiz, lekin bu natijalar juda alamli bo'ldi va psixologik tasir o'tkazdi. Biroq bugungi o'yinda yigitlar hali taslim bo'lmaganliklarini ko'rsatib qo'yishdi. Jamoada yaxshi kayfiyat hukmron. Biz o'zimizga bog'liq narsa uchun kurashamiz. Maydonda bor kuchimizni ishga solamiz. Sovrindorlar qatoridan o'rin olsak, bundan faqat xursand bo'lamiz.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика