So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Vitaliy Levchenko: "O'yin to'liq bizning nazoratimizda o'tdi, ammo..." Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "O'yin to'liq bizning nazoratimizda o'tdi, ammo..."

Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- O'yin to'liq bizning nazoratimizda o'tdi. Hududiy jihatdan ham, to'p nazorati borasida ham ustun edik. Juda ko'p vaziyatlar yaratdik,  ammo vaziyatlarni yakunlashni uddalay olmadik. O'yinga kelsak, biz yaxshi uchrashuv o'tkazdik. Vaziyatlarni yakunlashda muammolar bo'ldi. 

- Lutfulla To'raev zaxirada qoldirilishiga sabab nima bo'ldi?

- Unda jarohat bor edi. Biz unga jarohat murakkablashtirib ketmasligi uchun pauza berishga qaror qildik. 

- Bugun nega gruziyalik legionerlar asosiy tarkibda o'yinni boshlashmadi. Ulug'bek Hoshimovni asosiy tarkibda maydonga tushirsa bo'lmasmidi?

- Bu erda bizning yosh futbolchilar Olimpiya terma jamoasida bo'lishganini hisobga olish kerak. Ular juda ko'p o'yin o'tkazishdi. Men ularni asosiy tarkibda yana maydonga tushirganimda bu muammo olib kelishi mumkin edi. Gruzin futbolchilarga kelsak, biz futbolchilarning holatini kuzatib boramiz, asosiy tarkibda tushish uchun bunga munosib bo'lish kerak. Bu savolni ularga berish to'g'riroq bo'ladi.

- Ijara asosida harakat qilayotgan Bilolxon Toshmirzaev bosh murabbiyning ishonchiga sazovor bo'lmoqda va asosiy tarkibda maydonga tushirilmoqda. Keyingi yilgi rejalarda u bormi?

- U yomon o'yin ko'rsatmapyati. Bizning barcha ko'rsatmalarimizni bajarishga harakat qilmoqda. Keyingi harakatlar esa uning o'ziga bog'liq. Bilolxon o'zini qanday tutishiga bog'liq hammasi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика