Vitaliy Levchenko: "Neftchi"ning natijalari muxlislarni xursand qilmayapti, afsuski"
28 okt 2024 21:19
Yangiliklar
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"ning natijalari muxlislarni xursand qilmayapti, afsuski"
"Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Intensiv va dinamik futbol guvohi bo'ldik. Bir jamoa hujum qilgan bo'lsa, ikkinchi jamoa yaxshi himoyalandi. Ijobiy natija qayd etganimizdan xursandman. G'alabasiz seriyaga barham bera oldik. Bugungi uch ochko futbolchilarga yanada ko'proq ishtiyoq taqdim etadi. Musobaqa jadvalidagi o'rinlar uchun kurash yanada qiziydi", - deya takidlab aytib o'tdi Vitaliy Grigorevich.
- Bugun uchrashuvda asosiy tarkibda o'zgarishlar bo'ldi. Ushbu o'zgarishlardan ko'nglingiz to'ldimi?
- To'liq ko'nglim to'ldi deya olmayman, sababi har doim vaziyatni yaxshilashga imkoniyat bo'ladi. Imkon qadar maksimal tarzda xatolarga yo'l qo'ymasligimiz kerak. CHiziqlar o'rtasidagi tushunmovchiliklar bo'lmasligi kerak. Jamoa o'yini xuddi SHveycariya soatlari kabi aniq bo'lishi kerak. Biz shunga intilamiz. Hozir esa xatolar bor, lekin bugungi natijadan xursandman.
- Bugungi g'alaba jamoamiz tarixidagi 500-g'alaba bo'ldi. Ushbu tarixiy g'alabani kimgadir bag'ishlaysizmi?
- Birinchi navbatda bu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz. "Neftchi"ning natijalari muxlislarni xursand qilmayapti, afsuski. Mavsum avvalida, ular bizdan yaxshiroq natijalar kutishgandi. Jamoa azolari esa ushbu g'alabani oila azolariga bag'ishlashsa kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar