So’nggi yangiliklar

17:02CAFA Nations Cup финалига мезбонлик қилаётган "Олимпия" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  2 16:37CAFA Nations Cup. Ўмон – Ҳиндистон. Таркиблар маълум  3 16:23"Барселона" Фликнинг асосий футболчиларидан бири билан янги шартнома имзоламоқчи  0 15:55Шомуродов ва Файзуллаев ўйнаётган "Истанбул Башакшеҳир" бош мураббийи истеъфога чиқарилди  3 15:35Жанни Инфантино ўзбек спорти раҳбарияти билан ҳамкорликда Олимпия шаҳарчасида бўлди  2 15:11Али Алиев Қозоғистон терма жамоасидаги шармандаликдан сўнг истеъфога чиқди  5 14:25"Манчестер Сити" футболчиси Қозоғистон билан ўйиндан сўнг Дастан Сатпаевни мақтади  5 13:58"Бу Эрон терма жамоасида "олтин авлод"нинг охирги даври бўлиши мумкин" — эронлик журналист  3 13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  5 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  7 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  5 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  20 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  2 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  9 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0

Vitaliy Levchenko: "Nasaf" juda kuchli raqib, biz mezbonlar bilan tengma-teng o'ynay oldik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Nasaf" juda kuchli raqib, biz mezbonlar bilan tengma-teng o'ynay oldik"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Avvalambor O'zbekiston ahlini Ramazon hayit ayyomi bilan tabriklayman. Bugun faqat g'alaba uchun maydonga chiqqandik. Qaerlardadir omad etishmadi. Jamoani stabil o'yin ko'rsatishi uchun ishlayapmiz. Vaziyatlarni yakunlashda kamchiliklarimiz bor. Ehtimol bunday holatlar o'yin tonusi bilan bog'liqdir. Mashg'ulotlarda jiddiy ishlaymiz, oldinda bizni oson o'yinar kutmayapti.

- "Neftchi"ning hozirgi tarkibida kuchli futbolchilar jam bo'lgan. Ketma-ket 3 ta turdagi duranglar nima bilan bog'liq?

- Aytib o'tganimdek, bizga o'yin tonusi etishmayotgan bo'lishi mumkin. O'yindan-o'yinga kamchiliklarni bartaraf etib boramiz. "Nasaf" juda kuchli raqib, biz mezbonlar bilan tengma-teng o'ynay oldik. Vaziyatlardan foydalanganimizda ehtimol g'alaba ham qozonishimiz mumkin edi.

- Ko'pchilikda "Neftchi" o'tgan mavsumdagi "Navbahor"ni takrorlayapti degan fikr paydo bo'layapti ...

- Jamoalar bir-biriga o'xshashi mumkin. Bizning oldimizda aniq maqsad va vazifa bor. Biz bu borada jiddiy ishlayapmiz. Futbolchilar bir-birlarini tushunib borgani sayin o'yinimiz kuchayib boraveradi.

- Vladimir Yovovich zaxirada qolganiga sabab nima?

- Futbolchidagi holatni murabbiylar shtabi yaxshiroq biladi. Biz unga bir oz dam berishga qaror qildik, biroq rejamizga ko'ra u ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilib, raqib uchun kutilmagan hujumlarni tashkil etishi lozim edi. Aytib o'tganimdek, o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz.




Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика