So’nggi yangiliklar

14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  12 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  3 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  11 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  19 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4

Vitaliy Levchenko: “Durang adolatli natija bo'ldi” Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: “Durang adolatli natija bo'ldi”

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Andijon” - “Neftchi” (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Ha, derbi kurashlarga boy o'tgan bo'lsa-da, 0:0 hisobidagi durang natija qayd etildi. Juda ko'p muxlislar, futbol atmosferasi, barchasi juda ajoyib. Bugungi o'yin juda kurashlarga boy o'tdi. Maydonning bazi qismlari futbolchilarning to'laqonli harakatlarini cheklab qo'ydi. Ko'proq uzun uzatmalar bilan oldinga o'tishga intildik. Har ikki jamoa oxirigacha kurashdi. Durang adolatli natija bo'ldi deb hisoblayman.

- Natijadan qoniqdingizmi?

- Yo'q, bunday natijalar oldimizdagi maqsadlarimizga etish uchun etarli bo'lmaydi. Har qanday murabbiy yoki futbolchi g'alabani istaydi. Ikki jamoa ham g'alabani istadi, biroq yakunda durang natija qayd etildi.

- Bilolxon Toshmirzaev maydonga tushirilmaganiga sabab nima?

- U juda tezkor va kreativ futbolchi. Driblinglarda ham yaxshi ishlaydi. Uning poziciyasi bilan bog'liq boshqacha rejalarni tuzgandik.

- Farg'onada o'tadigan kubok finali haqida fikringiz qanday?

- “Navbahor” ham, “Andijon” ham joriy mavsum juda katta ishtiyoq bilan kubok g'olibligiga kurashayapti. Qaysi jamoa g'olib bo'lsa ham, katta tarix yozadi. Muxlislar bilan to'ladigan katta atmosferali o'yin kutayapmiz. Ikki jamoaga ham omad tilayman.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика