So’nggi yangiliklar

20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  3 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  8 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  5 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  40 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0

Vitaliy Denisov: Kuchukning aytishicha yig'in uchun talablarni barchasini bajardik Yangiliklar

Vitaliy Denisov: Kuchukning aytishicha yig'in uchun talablarni barchasini bajardik

Lokomotiv himoyachisi Vitaliy Denisov jamoaning Portugaliya yig'ini yakunlangach klub rasmiy saytiga intervyu berdi.
- Yig'in qanday o'tdi. U jamoa va shaxsan siz uchun qanday o'tdi?
-Qishda bir nechta yig'in bo'lib o'tadi, ularning barchasi muhim. Portugaliyadagi yig'indan oldin murabbiy bizdan nima istayotganini malum qildi. Malum bir tizimda ishladik, Leonid Stanislavovichning aytishicha yig'inga belgilangan rejalarning barchasi amalga oshibdi.

- Hozirgi formangiz qanday?
- Jismonan o'zimni yaxshi his qilayapman. Ha, dastlabki mashg'ulotlardan so'ng mushaklarim juda qattiq og'ridi, biroq massajchilarimiz va shifokorlarimiz yordamida bu og'riqlar yo'qoldi. Bundan tashqari basseyndagi tiklanish mashqlari ham yordam berdi. .

- Ikkita nazorat uchrashuvida Lokomotiv bitta ham gol o'tkazgani yo'q. Himoya shunchalik mustahkammi?
- Kelinglar raqiblarimizning saviyasini ham unutmaylik. Ochiqchasiga bizga qarshi juda kuchsiz jamoalar o'ynadi deya olmaymanu, lekin saviya baribir farq qiladi. Birinchi o'yinda bizga uchinchi liga jamoasi raqiblik qildi, ikkinchi o'yinda esa jamoa safida bir qator ko'rikdan o'tayotgan futbolchilar bo'lgan ekan.

Hech kim gol o'tkazib yuborishni yoqtirmaydi, shu bois biz imkon qadar maksimal tarzda o'ynashga urindik. G'alabalar, bunga qo'shimcha tarzda quruq o'yinlar bizga ruhiy tomondan ishonch bag'ishlashi aniq.

- Ikkinchi yig'inni jamoa CHiklana-de-la-Frontera degan joyda olib boradi. Mashg'ulotlar bo'lib o'tadigan joyning chiroyliligi qanchalik muhim?
- To'g'risini aytganda, bu joyni birinchi bor eshitishim. SHubhasiz, chiroyli peyzaj qo'shimcha kuch bag'ishlaydi, biroq eng asosiysi bu joylarda ishlash uchun barcha sharoitning bo'lishi. Tabiatning chiroyi bu ikkinchi darajali.

- Andalusiyada Lokomotiv Polsha vice-chempioni Lex, CHexiya vice-chempioni Sparta, Bolgariya chempioni Ludogorec kabi kuchli klublarga qarshi o'ynaydi. Raqiblar yomon emas, to'g'rimi?
- Ko'ramiz. Ular bilan o'ynab olaylik, keyin o'z fikrlarimni bildiraman. Doim yig'inni boshida kuchsizroq, keyin esa kuchli raqiblar bilan o'ynaymiz. SHunda rasmiy o'yinlarga yaqin yaxshi formada bo'lamiz. O'ylashimcha murabbiylar nima qilishayotganini juda yaxshi bilishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика