So’nggi yangiliklar

02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  23 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  0 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3

Vitaliy Denisov. Bronza medali, JCH-2014 va O'zbekiston terma jamoasi haqida Yangiliklar

Vitaliy Denisov. Bronza medali, JCH-2014 va O'zbekiston terma jamoasi haqida

Payshanba kuni Moskvadagi "CHerkizova" stadionida "Lokomotiv" klubiga 2013/2014 yilgi mavsum uchun bronza medallari topshirildi.
"Temiryo'lchilar" himoyachisi, hamyurtimiz Vitaliy Denisov rossiyalik hamkasblarimizning savollariga javob berdi.
 
- Vitaliy, bir yil oldin siz ilk bor muxlislar bilan mana shunday tadbirda qatnashgandingiz. Hozir qanday o'zgarishlar bor?
- Menimcha bugun odamlar ko'proq kelishgan. Bundan tashqari meni ular ko'proq tanishmoqda (kuladi).

- Dastxat qo'yaverib qo'lingiz og'rib ketmadimi?
- Yo'g'e, o'rganib ketdim (kuladi).

- Siz dastxat qo'ygan eng original buyum?
- Odatda pullar, mobil telefonlari yoki telefon g'iloflariga dastxat qo'yaman. Eng kutilmagani esa bugun kuzatildi. Bunday kattalikdagi plakatni hech qachon sovg'a qilishmagandi.



- Biz shaxsan sizga sovg'ami?
- Ha, ijtimoiy tarmoq orqali qizlar menga sovg'a berishmoqchi ekanliklarini malum qilishdi. Man shu syurpriz bo'ldi!  

- Muxlislar sizga qanday tilaklar bildirishdi?
- Asosan sog'lik tilashdi, qanotdan ko'proq hujumga o'tishimni, jamoaga g'alabalar yor bo'lishini, ko'proq gol urishni va chiroyli o'yin ko'rsatishni tilashdi.

- Bronza medali, - hozircha faoliyatingizdagi eng ulkan yutuqmi?
- CSKA yoshlari safida o'ynab olgan oltin medalimdan so'ng, bugungi medal menimcha eng muhimi hisoblanadi.  

- Ochiq mashg'ulot vaqtida umumiy guruhdan alohida shug'ullandingiz. Jarohatmi?
- Oyog'imda kichik muammo bor, umuman olganda barchasi joyida.

- "Loko"dan Bussufa va Diarraning ketishini qanday izohlaysiz?

- Bu haqda hech nima deya olmayman.



- U holda o'tgan mundial haqida. Kimga muxlislik qildingiz?
- Inglizlarga. Yana nimagadir doim portugallarga muxlislik qilaveraman. Gap Krishtianu Ronalduda emas.

- Balki ular ham "Loko" kabi qizil rangda o'ynaganlari uchundir?
- Balki. Ammo muxlislik qilgan jamoalarim pley-offga chiqa olishmadi. SHu bois uyog'iga chiroyli futbolga muxlislik qildim.

- Nemislar haqli ravishda chempion bo'lishdimi?
- Menimcha, ha. Finalga Gollandiyaning chiqa olmaganidan afsuslandim. Menimcha ular Argentinadan ko'ra yorqin o'yin ko'rsatishgandi.



- Braziliyada Rossiya termasiga nima etishmadi?
- Kechirasiz, Rossiya terma jamoasi haqida ham hech nima deya olmayman (kuladi).

- Unda o'zingiz to'p tepayotgan O'zbekiston terma jamoasi haqida nima deya olasiz?
- Biz Jahon chempionatiga chiqishga har qachongidan ham yaqin kelgandik, ammo ikkita gol yoki bir ochko etmay qolishiga o'zimiz aybdormiz. O'ylashimcha, hozir terma jamoamiz to'g'ri yo'ldan ketmoqda…

- … 2018 yil Rossiyaga kelasizlarmi?
- Buni juda istayapman! Terma jamoada o'sha vaqtga qadar o'ynashga va u bilan birga mundialga chiqish uchun bor kuchimni berishga tayyorman.


"Sport Den za Dnyom" nashridan Narzulla Saydullaev tarjimasi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика