Vinisiusni irqiy haqorat qilgan "Sevilya" muxlisi stadiondan quvildi
22 okt 2023 12:12
Yangiliklar
Vinisiusni irqiy haqorat qilgan "Sevilya" muxlisi stadiondan quvildi
"Sevilya" muxlisi kecha "Real"ga qarshi uchrashuvda "Real" futbolchisi Vinisius Juniorni irqiy haqorat qildi.
Bahsning so'nggi daqiqalarida Vinisius Junior raqibi Lukas Okampos bilan kichik munozaraga borgan payti muxlis braziliyalikka qarata irqiy kamsitishni ko'rsatgan. Bahs yakunlanganidan keyin esa mezbon klub rahbariyati o'sha muxlisni topib, sankciyalar qo'llab stadiondan haydab yuborgan.
"Tribunada irqiy haqoratlar qilgan muxlisning shaxsi aniqlandi va policiyaga xabar qilinib, stadiondan quvib yuborildi. Undan tashqari, muxlisga sankciyalar qo'llanildi va tribunadagi muxlislikdan chetlatildi.
"Sevilya" istalgan turdagi irqiy kamsitishlarni qoralaydi va bu borada yuqori tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyor bo'ladi. Bu "Sevilya" muxlislariga ham tegishli bo'ladi", - dedi klub bayonotida.
Fikrlar