So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Vinfrid SHefer: "Kalxanoglu yangi Ozil" Yangiliklar

Vinfrid SHefer: "Kalxanoglu yangi Ozil"

Bu mavsumda bundesligada bir necha yosh o'yinchilar o'zlarini ko'rsatishmoqda. Ular orasida Xakan Kalxanoglu ham bor.
Ushbu yosh istedod soxibi qisqa muddat ichida futbol jamoatchiligini o'ziga qarata oldi.
Yamayka terma jamoasi bosh murabbiyi Vinfrid SHefer Kalxanoglu haqida fikr bildirarkan, uning kelajagi porloq ekanini takidlab o'tdi.
- Xakan ajoyib o'yinchi. Undagi o'ziga bo'lgan ishonch va serg'ayratlilik menga juda yoqadi. Ayniqsa, Xakan Kalxanoglu ijrosida jarima to'plari meni o'ziga maftun etgan. O'n to'qqiz yoshli yigitchaning standartlarni bunday ajoib tarzda amalga oshirishi noodatiy hodisadir.

Ishonch bilan aytishim mumkinki, Kalxanoglu yangi Ozildir. Unga Mesut Ozil yo'lini bosib o'tishi uchun yaxshi bir murabbiy kerak. Yani Xakan o'sishdan to'xtab qolmasligi lozim. Agar "Gamburg" ustozi van Marveyk bu yigitning istedodini yanada rivojlantira olmaydigan bo'lsa, yaxshisi u biror kuchliroq klub tarkibiga o'tib ketgani maqul, - dedi SHefer.  

Eslatib o'tishimiz joiz-ki, Xakan Kalxanoglu "Gamburg" tarkibiga yozda kelib qo'shilgan edi. Ko'rsatayotgan o'yini orqali u oz vaqt ichida bir necha top klublarni o'ziga qarata oldi. Hozirda Kalxanogluga Evropaning bir qator etakchi jamoalari qiziqish bildirishmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика