Vilya: "Xavini MLSda ko'rishni istardim, ammo bu faqat mening xohishim"
27 mar 2015 12:43
Yangiliklar


Vilya: "Xavini MLSda ko'rishni istardim, ammo bu faqat mening xohishim"
"Nyu-York Siti" hujumchisi David Vilya "Barselona" yarim himoyachisi Xavini Amerika klublarining birida ko'rishni istayotganini malum qildi.
"Biz u bilan MLSga o'tishi borasida suhbat qurdik, ammo u ayni damda "Barselona" futbolchisi. Uning shartnomasi yana bir yil amalda va men Xavi bilan uning kelajagi borasida gaplashganim yo'q.
Xavi jahonning har qanday ligasining, har qanday klubiga to'g'ri keladi. Uni MLSda ko'rishni istardim, ammo bu faqat mening xohishim.
Hayotda orzu qilganlaringizni barchasi amalsha oshavermaydi. U MLSga kelishini umid qilyapman, ammo bu sodir bo'lmasa ham Xaviga eng yaxshi niyatlarni bildiraman, chunki u mening do'stim va buyuk futbolchi" - deydi Vilya.
Oldinroq Xavi Qatarning "Al-Sadd" klubi bilan shartnoma tuzishi haqida xabar qilingan edi.

Fikrlar