Vilya: "Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
24 dek 2014 16:47
Yangiliklar


Vilya: "Messi - futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
Ispaniya terma jamoasi, "Valensiya", "Barselona" sobiq hujumchisi, hozirda "Nyu-York Siti" sharafini himoya qilayotgan David Vilya jahonning eng yaxshi futbolchisi kim ekanligi haqida o'z fikrini bildirdi.
"Men anchadan beri Messini jahondagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblayman. U gol uradimi, yo'qmi, bu meni havotirlantirmaydi. U kabi maydonda harakat qiladigan futbolchini ko'rmaganman. O'ylashimcha, Leo futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi" - deydi Vilya.

Fikrlar