Vilya: "Bugun "Nyu-York Siti" ko'rsatgan o'yinidan ko'nglim to'ldi"
16 mar 2015 18:17
Yangiliklar


Vilya: "Bugun "Nyu-York Siti" ko'rsatgan o'yinidan ko'nglim to'ldi"
Hozirda "Nyu-York Siti" safida to'p tepayotgan "Barselona" va "Valensiya" sobiq hujumchisi David Vilya MLSdagi birinchi goli borasida fikr bildirdi.
"Nyu-York Siti" 2-tur o'yinida "Nyu Inglend" jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etdi.
"Bugun biz ko'rsatgan o'yindan ko'nglim to'ldi. Jamoa o'sishda davom etayotgani ko'rinib turibdi. Qo'llab-quvvatlash uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Sovuq bo'lsa ham, ular stadionga kelishdi" - deydi Vilya.

Fikrlar