Villian: "Lempard "CHelsi"da muvaffaqiyatga erisha oladi"
29 iyu 2019 21:20
Yangiliklar


Villian: "Lempard "CHelsi"da muvaffaqiyatga erisha oladi"
"CHelsi"ning afsonaviy futbolchisi Frenk Lempard yaqin vaqt ichida klubga bosh murabbiy etib tayinlanishi kutilmoqda.
Braziliyalik futbolchi Villian Lempard muvaffaqiyatga erishishiga ishonmoqda.
"Lempard – bu afsona. U klubning asosiy o'yinchisi bo'lgan va barcha yutishi mumkin bo'lgan sovrinlarni yutgan. "CHelsi" bilan erishgan yutuqlari orqali chuqur ehtirom va hurmatga sazovor. Klub uni taklif qilsa, muxlislar uni ochiq qo'l bilan kutib olishligi aniq.
Frenk juda ajoyib futbolchi va samimiy inson. U bizni murabbiy bo'ladimi? Bilmayman. Lekin, u "CHelsi" bilan muvaffaqiyatga erisha oladi. Lempardning murabbiylik faoliyati endi boshlanmoqda. Muvaffaqiyatga erishishi uchun unda barcha sifatlar bor", - deydi Villian.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar