Villash-Boash: "Torino" to'pni yaxshi nazorat qiladi"
12 mar 2015 01:33
Yangiliklar

Villash-Boash: "Torino" to'pni yaxshi nazorat qiladi"
"Zenit" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Evropa ligasi 1/8 final bosqichi doirasidagi "Torino"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Menga "Torino" bosh murabbiyi Venturaning o'yin uslubi yoqadi. Ular maydonda juda jipslik bilan o'ynashadi. "Torino" to'pni yaxshi nazorat qiladi va qisqa paslar orqali o'ynaydi. Maydon markazida ham "Torino" jamoasi ancha ishonchli harakat qiladi. Ayniqsa Molinaro maydonda bo'lgan payt raqib o'rtani yaxshi ushlaydi. Raqib hujumi paytida "Torino" futbolchilari 5 kishi bo'lib yaxshi himoyalanishadi. Italiyaliklar himoyadan hujumga o'tishda ham ancha tezkorlar. Raqibning o'yin uslubini va kuchini yaxshi baholayman. Lekin biz ular bilan bo'ladigan to'qnashuvga tayyormiz.
O'yin oldidan Spaletti bilan "Torino" borasida maslahatlashdimmi? Yo'q. Men Spaletti bilan shaxsan tanishman va uning ishini hurmat qilaman. Biroq raqibni o'rganish jarayonida uning yordamidan foydalanmadik. Jiddiy raqiblarga qarshi tayyorgarlik paytida kimningdir maslahati bizga zarur emas. Bunaqangi bellashuvlarga o'zimiz etarli darajada tayyorlana olamiz.

Fikrlar