Viktor Jalilov: "Hali qiladigan ishlarimiz ko'p"
14 iyu 2015 01:25
Yangiliklar
Viktor Jalilov: "Hali qiladigan ishlarimiz ko'p"
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilov "Mashal" bilan bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun g'alaba qozondik. Lekin hali qiladigan ishlarimiz juda ko'p. Biz endi ish boshladik. Avvalo futbolchilarning imkoniyatlarini sinab ko'ramiz. Kim qanday kuchga ega ekanligini bilishimiz lozim. Qaysi chiziq meni ko'proq havotirga solayotgani haqida gapirish qiyin. Agarda Bangladeshdagi ishtirokni tahlil qiladigan bo'lsak, unda ko'proq hujum chizig'imizda muammolar borligi bilinadi. O'sha musobaqada hujum chizig'imizda kamchiliklar kuzatilgandi. Bu borada hali ishlar olib boramiz. Zamonaviy futbolda gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yaratish zarur. Hozirgi yig'inda juda ko'plab yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqdamiz. Bu yig'in orqali ularning imkoniyatlarini yaxshi tahlil qilib chiqsak bo'ladi. Lekin hali oldinda yana o'yinlar bor. SHu bois hozirdan bir nima deyish qiyin. 20 iyulda yana yig'in o'tkaziladi va o'shanda olimpiya terma jamoasining asosiy futbolchilari chaqiriladi. hozirgi yig'inda qatnashayotgan futbolchilar o'zlarini ko'rsatib, asosiy jamoaga loyiq ekanliklarini isbotlashlari lozim. Bu borada ularda imkoniyat bor", - deydi Viktor Romanovich.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar