So’nggi yangiliklar

00:23Франция. ПСЖ - "Тулуза" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  11 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  6 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бурдиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  12 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2

Viktor Kumikov: "Sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar bir-biridan kuchli" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar bir-biridan kuchli"

Birinchi davrada chakki taassurot qoldirmagan Olmaliq mavsumning hal qiluvchi bosqichiga jiddiy shaylandi.

Viktor Kumikov jamoasi Belarus poytaxti - Minskda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdi. Oz emas, 3 hafta davom etgan ushbu xorij safari doirasida jami 5ta o'rtoqlik uchrashuvi uyushtirildi. Olmaliqliklar xususan, yig'indan o'rin olgan so'nggi nazorat bahsida Minskning Krumkachi klubiga hech qanday imkoniyat  qoldirishmadi - 5:0.

Etiborlisi, barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi va Olmaliqning yangi azosi Farhod Tojiev xet-trikka erishdi. Qolgan 2ta gol Viktor Klishin va Sanjar Rixsiboev hisobiga yozildi.

Biroq so'nggi nazorat o'yinida sermahsullik ko'rsatgan Tojievlar kenjasi ikkinchi davrani Olmaliqda boshlamaydi. Tajribali hujumchi ijara kelishuvi bo'yicha Samarqand Dinamosiga yuborildi.

Jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov biz bilan suhbat davomida bu qarorni alohida izohladi: Ayni payt Farhodga o'yin amaliyoti taqdim etish zarur.

- Viktor Balyutovich, Minsk yig'ini va uning doirasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlaridan ko'nglingiz to'ldimi?

- Yig'in reja asosida olib borildi. O'yinlar sifatidan ham qoniqdim qaysidir manoda. Muhimi, ob-havo mashg'ulot va o'rtoqlik uchrashuvlari uchun ideal holatda edi. Yig'in uchun tanlangan bazadagi sharoitlar ham talabga muvofiq ekan. Aytgancha, Belarusning turli yosh toifasidagi terma jamoalari ham aynan biz to'xtagan joyda shug'ullandi.

- Umuman, yig'in uchun nega aynan Minsk shahri tanlandi?

- Birinchi galda, taklif etilgan narx va sifat maqul keldi. Keyin iqlim sharoiti aynan futbol uchun mosligi etiborimizni tortdi. Qolaversa, Toshkentdan Minskka to'g'ridan-to'g'ri reys borligi ham tanlovimizga tasir qildi.

Xullas, shu omillarning hammasi bir bo'lib, bizni Belarusda yig'in olib borishga undadi. O'zi aslida Kislovodsk shahriga borishni mo'ljallagandik. Lekin mehmonxona masalasiga bog'liq muammo sabab, rejani o'zgartirishimizga to'g'ri keldi. Umuman o'sha vaqtdayoq Minskda shug'ullanishga zaxira varianti sifatida qaragandik.

- Olmaliq yig'in chog'i 5ta o'yinda saviya jihatidan o'ziga munosib raqiblar bilan kuch sinashdimi?

- Sparring-raqiblar sifatida maydonga tushgan jamoalardan 3tasi Belarus chempionati oliy ligasida o'ynaydi. Yana bir raqib esa Turkmaniston chempionati peshqadami. Faqat so'nggi o'yinda birinchi liga vakiliga qarshi maydonga tushdik va bunda ikkinchi tarkibdan foydalandik.

- Jamoaning yangi futbolchilari harakatlari haqida nima deya olasiz?

- Davralar oralig'ida safimizga Farhod Tojiev, Lutfulla To'raev, Sanjar Rixsiboev, Zafar Polvonov kabi futbolchilar qo'shilishdi. Ular bilan shartnomalar rasmiylashtirildi va barchalari Olmaliq azosiga aylanishdi. Umumiy olganda, bu yigitlar Minskda ham chakki taassurot qoldirishmadi.

- Biroq bizdagi malumotlarga ko'ra, Tojiev ikkinchi davrani ijara asosida Dinamoda o'tkazadi. Bu qanchalik to'g'ri va sababi nima?

- Ha, bu xabarni tasdiqlayman. Ochig'i, boshidan shunday rejamiz bor edi. Ijara muddatini qaysi jamoada o'tashni esa Farhodning o'zi hal qildi. Unga Dinamo varianti maqul keldi.

- Hujum chizig'ida raqobatni yanada kuchaytirish maqsadida Tojievni olib qolishni ham muhokama qildinglarmi?

- Tanlash imkoniyatini Farhodga qoldirdik va Dinamoda o'ynashni ixtiyor etdi. Lekin Tojievning jamoamiz bilan shartnomasi bor. Demak, ikkinchi davrada o'zini ko'rsatsa, Olmaliqqa qaytishi mumkin.

- Xo'sh, jamoangiz ikkinchi davra o'yinlariga nechog'li tayyor, sizningcha?

- Yig'in va o'rtoqlik uchrashuvlariga qarab xulosa chiqarsam, natijalarimiz chakki bo'lmasligi kerak. Futbolchilar katta hajmda ish bajarishdi. O'ylaymanki, ikkinchi davrada bu o'z samarasini beradi.

- Endi birinchi davra yakunlariga ham ozgina to'xtalsangiz - umumiy fikrlaringiz qanday?

- Bilasiz, O'zbekistonga katta tanaffusdan so'ng qaytdim. Barcha yo'nalishlar bo'yicha ijobiy gaplar aytishim mumkin. Deylik, maydonlar sifati sezilarli darajada o'zgaribdi. Klublarda futbolga etibor ancha kuchaygan. Hakamlik ham ijobiy holatda. Har holda, oldingidek qo'pol xatolar ko'zga tashlanmayapti. Oddiy aytganda, barcha jabhalarda o'sish bor.

- Mavsum arafasida Olmaliq oldiga qo'yilgan vazifa o'z kuchidami yoki...?

- Hozircha maqsadni o'zgartirmadik - sovrinli o'rinlardan birini egallash uchun harakat qilamiz. To'g'ri, buni uddalash oson emas. Turnir jadvali yuqori qismida raqobat juda baland. Lekin biz kutilayotgan shu kuchli raqobatga tayyormiz.

- Paxtakor va Bunyodkor jamoalarida katta o'zgarishlarga qo'l urildi. Bu jarayonni ham kuzatib boryapsizmi?

- Nafaqat etakchi klublar, balki boshqa ishtirokchilarga daxldor o'zgarishlarga ham aslo befarq emasman. Misol uchun, Buxoroni alohida takidlashim mumkin. Ulug'bek Baqoev darhaqiqat, raqobatbardosh jamoa shakllantirmoqda.

Uning shogirdlari birinchi davrada yaxshi taassurot qoldirishdi. Qolaversa, Lokomotivga qarshi kechgan O'zbekiston kubogi chorak finalining asosiy vaqtida mag'lubiyatga uchramadi. Buxoro javob bahsida sensaciya qayd etishi hech gap emasdi. Ha, sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan jamoalar bir-biridan kuchli. Lekin oldimizga qo'yilgan aniq vazifa bor. Uni bajarish uchun esa yanada kuchli o'ynashimiz shart.

- Klub rahbariyati bu borada nechog'li qo'llab-quvvatlayapti?

- Rahbariyatga hech qanday etirozimiz yo'q. Zarur sharoitlar muhayyo etilgan. Mana, xorijda 3 hafta shug'ullanib qaytdik. Bu barchasi alo darajada ekanligidan dalolat.

- Demakki, maosh masalasida qarzdorlik yo'q.

- SHunday. Maosh ham, mukofot puli ham vaqtida berilyapti va bizdan faqat yaxshi o'ynash talab etilyapti.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика