So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

Viktor Kumikov: "Olmaliq" Turkiyada SHveycariya, Rossiya va Ukraina klublariga qarshi o'ynaydi" Yangiliklar

Viktor Kumikov: "Olmaliq" Turkiyada SHveycariya, Rossiya va Ukraina klublariga qarshi o'ynaydi"

"Navbahor" jamoasiga qarshi o'tgan nazorat o'yinidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov bilan kichik suhbat uyushtirildi.

- Viktor Balyutovich rejalashtirilganidek ikki o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazildi. Yig'in davomida 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. 3 mag'lubiyat va bir g'alaba qayd etildi. O'tkazilgan yig'inlar bo'yicha xulosangiz.

- Barchaga malumki, bu yil "Olmaliq" jamoasi tarkibi tubdan o'zgardi. Bu yig'inlar davomida asosiy etiborni futbolchilar haqida ko'proq malumotga ega bo'lishga qaratdik. O'rtoqlik o'yinlarida biz natijani birinchi o'ringa qo'ymadik. Bu uchrashuvlar yuqorida takidlaganimdek, jamoaga chaqirilgan futbolchilarni yaxshiroq o'rganish uchun o'tkazildi. SHu orqali jamoa asosiy tarkibini shakllantirib boramiz. Navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlarimiz Antaliyada bo'lib o'tadi. U erda ham bir qator o'rtoqlik o'yinlari o'tkazamiz va yana 4-5 nafar futbolchi ko'rikdan o'tkaziladi.

- Jamoaga taklif etilgan murabbiylar shtabi haqida so'ramoqchiman. Bu tarkibga yana qo'shimcha bo'lmaydimi?


- Biz dastlabki ishni murabbiy shtabini tashkil etishdan boshladik. Asosiy tarkib bilan mana shu 5 nafar murabbiy va hozir ish yuritayotgan boshqa yordamchilar bo'ladi. Boshqa o'zgarish rejada yo'q.

- Jamoaning keyingi mashg'ulotlari Antaliyada o'tkazilishi haqida gap ochdingiz. Tarkib borasida fikringiz. Jamoaga kelib qo'shilgan legionerlar sizga maqulmi?



- Rejaga ko'ra Antaliyada ikkita yig'in tashkillashtiriladi. Birinchisida asosiy etiborni tarkibni aniqlab olishga qaratamiz. Ikkinchisida esa to'liq tarkib bilan yangi mavsumga tayyorgarlik olib boramiz. Hozirda 80 foizga tarkibni aniqlab oldik. Legionerlar borasida hozircha belorussiyalik Vladislav Kasminin bilan shartnoma tuzdik. Turkmanistonlik futbolchi endi kelib qo'shildi. Uni va yana bir qator legionerlarni Antaliyada ko'rikdan o'tkazamiz.

- Antaliyada nechta o'rtoqlik o'yini o'tkazish rejalashtirilgan?


- Umumiy hisobda 4ta o'yin o'tkazishni rejalashtirganmiz. Dastlab SHveycariyaning "Vil 1900" jamoasi bilan kuch sinashamiz. Keyin Rossiyaning "Sibir" (Novosibirsk) va Ukrainaning "Karpati" (Lvov) jamoalari sparring raqib vazifasini o'tashadi. Yana bir o'yin ikkinchi tarkib bilan o'tkaziladi. Bu bahsda bizga "Karpati"ning ikkinchi tarkibi yoki boshqa biror jamoa raqib bo'lishi mumkin.

- Jamoa qachon Olmaliqqa tashrif buyuradi?

- Turkiyadan qaytgach, birinchi turga qadar jamoa yana Toshkentda yashab turadi. Mavsum boshlangunga qadar jamoa rahbariyati bilan Olmaliq shahrida uchrashuv tashkil etishni rejalashtirganmiz. Uchrashuv davomida rahbariyat tomonidan jamoa oldiga qo'yiladigan vazifalarga aniqlik kiritish, jamoa tarkibini tanishtiruvini o'tkazish ko'zda tutilgan.

- Viktor Balyutovich siz bilan mavsum davomida yana suhbatimiz davom etadi. Savollarimizga javob berganingiz uchun tashakkur.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика