Viktor Kumikov: "Istalgan raqib bilan o'yinda yutishimizga ishonaman"

Sherzod Nurmatov
19 sen 2021, 19:47
Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Maydonga chiqqan barcha futbolchilar berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Dastlabki 5-10 daqiqa biroz sarosimali o'tdi. Goldan so'ng ishonch yanada ortdi. Taktik tomondan kurash kechdi. Qarshi hujumda yana gollar urishimiz mumkin edi. Hozircha ikkinchi raqam ostida o'ynashga majburmiz. Mashg'ulotlar, yig'inlar orqali o'yinimizni yaxshilash ustida yanada ko'proq ishlaymiz", – deydi Viktor Kumikov.

- "Paxtakor"ni yutishga shaxsan o'zingiz ishonganmidingiz?

- Albatta. Istalgan raqib bilan o'yinda g'alaba qozonishimizga ishonaman. Agarda men ishonmasam kim ishonadi? Biz raqiblarimizni o'rganamiz. To'g'ri, "Paxtakor"ning tarkibi biznikidan kuchli. Terma jamoa futbolchilari ko'pchilikni tashkil qiladi. Futbolda yutish yoki yutqazish, durang o'ynash mumkin.

- Sizning tomoningizga ko'p tanqidlar yog'ilgandi. Siz bularni og'ir-bosiqlik bilan qabul qildingiz...

- Men jamoaga kelishim bilan chempionat bahslari boshlanib ketdi. Yig'inlar tashkil qilishga vaqt bo'lgani yo'q. Faqat o'yinlar orqali tayyorlanishimiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia