So’nggi yangiliklar

14:43Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧда қайси бренд либосларидан фойдаланиши маълум  13 14:27Элит ОЧЛга қуръа ташланди: "Насаф" "Ал Иттиҳод" билан сафарда ўйнайди, "Трактор" ва "Ал Ҳилол"ни Қаршида меҳмон қилади  15 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  4 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  1 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  28 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  4 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  6 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  5

Viktor Karpenko: Oldimizga barcha sovrinlarni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan Yangiliklar

Viktor Karpenko: Oldimizga barcha sovrinlarni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan

Ayni damda Lokomotiv jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida mavsumga qizg'in tayyorgarlik olib bormoqda.
OCHL-2014 saralash bahsida muvaffaqiyatsizlikka uchragan jamoa endi bor etiborini milliy chempionatimizdagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritishga qaratgan. Dubay shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan Vadim Abramov shogirdlari ham jismoniy, ham taktik mashg'ulotlarga jiddiy etibor qaratmoqdalar. Lokomotiv matbuot xizmati jamoamizning eng tajribali futbolchisi Viktor Karpenko bilan kichik flesh-intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatni etiboringizga havola qilamiz.

- Viktor, mana ikkinchi xorijiy ham davom etmoqda. Ushbu yig'inda ishtirok etayotgan futbolchilar va o'zingizning ayni paytdagi jismoniy holatingizni qanday baholaysiz?

- Xabaringiz bor, biz mavsumga tayyorgarlikni ikki oy oldin boshlaganmiz. SHu ikki oy davomida ham jismoniy, ham taktik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko'rildi. Barcha futbolchilar mashg'ulotlarda astoydil harakat qilishmoqda. Mavsumni yuqori kayfiyat va yaxshi tayyorgarlik bilan boshlaymiz, degan umiddaman.

- Ikkinchi xorij yig'inida asosan nimalarga etibor qaratilmoqda?

- Asosan taktik jihatga ko'proq etibor berilmoqda. O'yin davomidagi turli xil kombinaciyalar, taktikalarni qo'llab ko'ryapmiz. Bundan tashqari jismoniy holatimizni yanada yaxshiroq tiklab bormoqdamiz. Har kuni ertalab mehmonxona hududidagi qumli maydonchada mashg'ulotlar olib borayapmiz.

- Vadim Abramov jamoaga kelgandan so'ng o'tkazilgan ikkita nazorat-sinov uchrashuvida biz sizni yana avvalgi poziciya – o'ng qanot himoyasida ko'rdik. Hakim Fuzaylov esa sizni ko'proq hujumchilarga yaqinroq joyda ko'rar edi. O'zingizga qaysi poziciyada o'ynash maqulroq?

- Menga maydonda o'ynash yoqadi (kuladi). Professional futbolchi har doim murabbiy uni qaerga qo'ymasin o'sha erda o'ynashga tayyor bo'lishi kerak. Menga qaerda o'ynashning farqi yo'q. Muhimi jamoaga foydam tegsa bo'ldi.

- Lokomotiv mavsumni O'zbekiston superkubogi uchrashuvida mamlakatimiz chempioni Bunyodkor klubi bilan boshlaydi. Boshqa futbolchilarga qaraganda siz ushbu jamoani yaxshiroq bilasiz...

- Bunyodkor klubi bekorga o'tgan mavsumda barcha sovrinlarni qo'lga kiritmadi. Jamoa judayam kuchli. Bir necha yangi futbolchilar, shuningdek kuchli legionerlar bilan shartnoma imzolashdi. Bizning oldimizga ham ushbu mavsumda jamoa o'zi qatnashayotgan barcha musobaqalarda g'olib chiqish vazifasi qo'yilgan. Klub xomiysi “O'zbekiston Temir Yo'llari” kompaniyasi bizga barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Biz esa o'z g'alabalarimiz bilan “O'zbekiston Temir Yo'llari” tizimida xizmat qilayotgan jamoamiz muxlislarini va barcha yurtdoshlarimizni xushnud qilishga bor kuchimizni beramiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика