Viktor Karpenko “Navbahor”da
12 fev 2016 11:34
Yangiliklar
Viktor Karpenko “Navbahor”da
Kecha aytib o'tkanimizdek, bugun tarkibga yangi futbolchilar kelib qo'shilishdi. Muxlislarimizga ko'proq Toshkentning “Bunyodkor” klubidagi ishtiroki orqali yaxshi tanish bo'lgan Viktor Karpenko bugun “Navbahor” futbolchilari istiqomat qilayotgan mehmonxonaga etib keldi va mashg'ulotda ishtirok etdi. Karpenko 2015 yilgi mavsum birinchi yarmini G'uzorning “SHo'rtan” jamoasida o'tkazib, davralar oralig'ida “Bunyodkor” safidan o'rin olgandi.
Bundan tashqari o'tgan ikki mavsumni jamoamizda o'tkazgan darvozabon Xurshid Xo'jaev ham yana “Navbahor”ga qaytdi. Ushbu posbon mavsumlar oralig'ida avvaliga “Andijon” mashg'ulotlarida qatnashib, keyin “SHo'rtan” yig'iniga qo'shilgandi. Kechki mashg'ulotda ham tarkibga yangi futbolchini qo'shilishi kutilmoqda. Bu haqda kechqurun xabar berib o'tamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar