Viktor Karpenko: "Murosasiz uchrashuv guvohiga aylandik"
09 apr 2022 22:21
Yangiliklar
Viktor Karpenko: "Murosasiz uchrashuv guvohiga aylandik"
- O'yin haqida
- Bugun murosasiz uchrashuv guvohiga aylandik – 6 ta gol, 2 ta chetlatish. O'ylaymanki, uchrashuv muxlislarga yoqdi. Ikki jamoa ham g'alaba uchun borini berdi. Ko'proq bizga omad kulib boqdi. "Metallurg"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.
- Penalti belgilanganda, uni kim ijro etishi oldindan aniqlab olinganmidi?
- Ha, ko'rganingizdek, bugun hech qanday muhokama bo'lmadi. O'yingacha aniqlab olgandik. SHu bois Jo'raev tepdi va gol urdi.
- "Bunyodkor" keyingi ikki o'yinni o'z uyida "Buxoro" va "Surxon"ga qarshi o'tkazadi. SHu haqda fikrlaringiz...
- Biz uy o'yinmi, mehmon o'yinmi, ajratmaymiz. Har biriga jiddiy yondashamiz. Faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.
- Tarkibda ko'plab o'zgarishlar bo'ldi...
- Ha, rotaciyaga qo'l urdik. Ko'pchilikka imkoniyat berdik. Hech kim tarkibdan tushib qolmadi.
- Bu katta tavakkal emasmidi?
- Har bir o'yin xavf tug'dirishi mumkin. Biz bir jamoamiz va 23 futbolchi o'ynashga qodir. Asosiy tarkib, ikkinchi tarkib sifatida ajratmaymiz. Har bir futbolchi saralab olingan va har qanday vaqtda jamoa safida o'ynashi mumkin bo'ladi.
Fikrlar