So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

Viktor Jalilov: "Putinchanin oilaviy sabablarga ko'ra shartnomani bekor qildi" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Putinchanin oilaviy sabablarga ko'ra shartnomani bekor qildi"

Superliganing to'qqizinchi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ikki jamoa uchun ham qiyin bahs bo'ldi, deya olaman. "Bunyodkor" yoki "Navbahor"dan biri g'alaba qozonganda ham ikki jamoaga alamli mag'lubiyat bo'lardi. Raqib bizga qaraganda g'alabaga yaqinroq edi. Qiyin vaziyatlarda darvozabonimiz mahoratini namoyish qildi. U ajoyib o'yin ko'rsatdi. Maydon egalari to'pni va o'yinni nazorat qildi. SHunga qaramay bizda bir nechta golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik,- deydi Viktor Jalilov.

- "Navbahor"da himoya va hujum o'rtasidagi bog'liqlikda muammo bordek ko'rinmoqda. Xususan, yarim himoyachilar o'zlaridan kutilgan o'yinni ko'rsatayotgani yo'q. Zaxiradan maydonga tushgan Bahrom Abdurahimov ham almashtirildi...
- Bugun himoya va hujum o'rtasida balans topilmadi. Barcha futbolchilarning tayyorgarligi bir xilda emas. SHu jumladan, Bahrom Abdurahimovda ham. Bunday bahslarda hujumda vaziyatlar kam bo'ladi. Ulardan maksimal darajada foydalanish kerak. SHuningdek raqib qay darajada o'ynashga imkoniyat berishini hisobga olish kerak. Abdurahimov va Mahmudxojiev tetik futbolchilar edi. Ushbu futbolchilar yordamida o'yinni kuchaytirishni o'ylagandik.

- Legionerlar qanchalik o'zlarini oqlashmoqda? 
- Ivan katta mahoratga ega futbolchi. Balki har doim ham o'yini qovushmas, lekin aytganlarimizni to'g'ri bajaradi. Panshanbe haqida ham xuddi shu fikrni bildirishim mumkin. Ular asosiy tarkibda o'ynashyaptimi, demak ular shunga loyiq. Putinchanin oilaviy sabablar tufayli o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi. Ikkinchi davrada uning o'rniga boshqa o'yinchi xarid qilishga harakat qilamiz. Tarkibga kim munosib bo'lsa o'sha o'ynaydi. Futbolchilarni biror jabhada aybdor ham qilmoqchi emasman.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика