So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  1 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Viktor Jalilov: "Muxlislarni ham, bizni ham hujumchining bunday o'yini qoniqtirmayapti" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Muxlislarni ham, bizni ham hujumchining bunday o'yini qoniqtirmayapti"

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirdi.

"Har ikki jamoa bir-biriga munosib, teng kuchga ega ekanligini ko'rsatdi. SHu bois gollar ko'rmadik. "Qizilqum"da ham, bizda ham 100 foizli vaziyatlar bo'lmadi. O'ylashimcha, durang adolatli bo'ldi. Bugun hech kim g'alabaga munosib emasdi. Garchi har ikki jamoa astoydil kurashgan bo'lsa ham. Birinchi davrada ham ular bilan tengma-teng o'ynab, durang qayd etgandik. Faqat bugun hujumda konstruktivlik etishmadi.

Mashg'ulot va o'yin boshqa-boshqa narsalar. Mashg'ulotlarda rasmiy o'yinlardagi kabi qarshilik bo'lmaydi. Afsuski, o'yinda mashg'ulotda ishlagan rejalarimiz ish bermayapti. O'ylashimcha, qaerdadir hujumda mahorat va so'nggi nuqtani qo'yadigan futbolchi etishmayapti.

O'rinboevdan avval birinchi davrada legioner o'ynadi. Albatta, muxlislarni ham, bizni ham hujumchining bunday o'yini qoniqtirmayapti, lekin vaziyat shuni taqozo etyapti. Futbolchilarning bor mahoratini ko'rsatishi uchun astoydil harakat qilyapmiz.

Turnir jadvaliga nazar solsak, yuqori o'rinlar uchun imkoniyatimiz saqlanib turibdi. Jadvalda zichlik kuzatilmoqda. Yakunda kim kuchli bo'lsa, o'shalar yuqori o'rinlarni egallaydi. Buni futbolchilar tushunib turishibdi. Oxirigacha kurashamiz.

Bizda nafaqat hujumchi, balki hujumkor futbolchilar etishmayapti. Bu masalani ijobiy hal qilish bo'yicha ish olib borilyapti. Keyingi yilga yaxshi o'yinchilar sotib olishga harakat qilinyapti. Umuman, hozirdan keyingi yil to'g'risida gapirish noto'g'ri", – deydi Viktor Jalilov.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика