So’nggi yangiliklar

08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  1 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  18 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3

Viktor Jalilov: "Jamoa safarda durang o'ynab uyda g'alaba qozonaversa, balki chempion bo'lishi ham mumkin" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Jamoa safarda durang o'ynab uyda g'alaba qozonaversa, balki chempion bo'lishi ham mumkin"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor"(2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yindagi temp, natija barchasi yuqori bo'ldi. Natija adolatli, deb o'ylayman. Biz ham g'alabaga yaqin edik. "Metallurg" esa o'z vaziyatlaridan foydalandi. Ko'p hujumlar tashkil qildi",- deydi Viktor Jalilov.

- "Navbahor" 0:2 hisobida ortda borayotib yakunda 2ta gol urib hisobni tenglashtirdi. Jamoaga nima turtki bo'ldi?

- Futbolchilarda kuch, xohish va xarakter bor. To'g'ri jamoamiz jismoniy tomondan hali to'liq tayyor emasdi. Lekin shunga qaramasdan hisobni tenglashtira olishdi. Bunda futbolchilarning mahorati ham muhim rol o'ynadi. Vaziyatlarni yaratish va golga aylantirishda yaxshi harakat qilishdi. Futbolchilarim yana gol urishlari mumkin edi. 

- Murabbiy sifatida kuchli raqib maydonida qo'lga kiritilgan durangdan ko'nglingiz to'ldimi?

-  Qaysidir manoda qoniqmadim. So'nggi 25 daqiqalikda ustunlikka ega bo'ldik. Yaxshi hujumlar uyushtrildi. Ikkita gol urildi. Lekin vaziyatlardan foydalana olmadik. Taqvim bo'yicha safarda durang o'ynab, uyda g'alaba qozonilsa jamoa chempion bo'lishi mumkin.

- Yuqori o'rinlar uchun kurashayotgan jamoaga 10ta o'yinda 9ta gol urish kam emasmi?

- Birinchidan men nechta gol urganimizni sanamadim. Men ko'proq hujumlarimiz soniga qarayman. Yanada ko'proq gol urishimiz kerak edi. Hujumda muammolarimiz borligi ko'rinib turibdi. Statistikaga qarasak so'nggi uchta o'yinda 6ta gol uribmiz. Qolgan jamoalar ham qarab turayotgani yo'q. Ishlashda davom etamiz.

- Keyingi turda vodiy derbisida "Andijon"ga qarshi maydonga chiqasizlar. Bu raqib haqida fikringiz...

- Ko'rayotganingizdek har bir o'yin kurashlarga boy tarzda o'tmoqda. Oson uchrashuv yo'q. Xoh u pastki o'rindagi, xoh yuqori o'rindagi jamoaga qarshi haqiqiy kurash kechyapti. SHunday o'yinlar ko'paysa futbolimiz o'sadi. Maydonda ko'proq sifatli futbolchilar o'ynashi tarafdoriman. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика