So’nggi yangiliklar

08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  0 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  1 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  12 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  6 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  22 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10

Viktor Jalilov: "Eronni avval ham o'z maydonida mag'lub etganmiz" (to'liq) Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Eronni avval ham o'z maydonida mag'lub etganmiz" (to'liq)

O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 12 iyun kuni JCH–2018 saralash bosqichi 8-turida Eron futbolchilariga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuvdan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida Viktor Jalilov va Murod Xolmuhammedov qatnashib, bo'lajak o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“So'nggi saralash bosqichi oxiriga etay deb qoldi va bizni oldinda juda muhim o'yinlar kutib turibdi. Guruhdagi vaziyatga etibor qatarsak, hali hech narsa hal bo'lmaganini ko'rishimiz mumkin. Jamoalar ikkitadan ortiq to'p farqi bilan g'alaba qozonmagan va bu raqobat kuchli ekanidan dalolatdir. Guruhda har bir jamoa o'z oldiga aniq bir maqsadni qo'ygan.

Guruhimizda asosiy kurash Eron, Janubiy Koreya va O'zbekiston o'rtasida kechmoqda, ammo Suriya, Xitoy va Qatar yaxshi o'yin ko'rsatib, yuqori pog'onada turgan jamoalarga muammolar tug'dirmoqda. Bo'lajak o'yinlarda aynan jadvalning quyi qismidagi jamoalar yuqoridagi ikki o'rin uchun kurashayotganlarga muammo keltirishi mumkin.

“2012 yilda Eronni o'z maydonida mag'lub qilganmiz, demak, har qanday jamoani mag'lubiyatga uchratish mumkin. To'g'ri, Eron so'nggi saralash bosqichida hali gol o'tkazmadi, lekin bu futbol va unda har narsa bo'lishi mumkin, kutilmagan natijalar qayd etilishi mumkin. Nima uchun biz Eronga gol urmasligimiz kerak. Buni uddalay olamiz deb o'ylayman”, – dedi Viktor Jalilov.

“Toshkentdagi o'yinda deyarli tengma-teng o'yin guvohiga aylangandik. O'zbekiston g'alaba uchun maydonga tushgandi, biroq o'sha o'yindagi hakamlarning kutilmagan qarori tufayli standart vaziyat belgilangan va davrozamizdan to'p olib chiqqandik. Eron terma jamoasi va shaxsan Karlush Keyrushga tayyorlab qo'ygan sovg'amiz bor. Umid qilamanki, ertaga g'alaba qozonib, 3 ochko bilan Toshkentga qaytamiz.

Eron tarkibida alohida bir o'yinchini ajratmagan bo'lardim. Raqib jamoaviy o'yin namoyish qilishi orqali yaxshi tanilgan. Faqatgina, Eronning himoya chizig'i kuchli va tartibli o'yin ko'rsatishini ayta olaman”, – dedi Murod Xolmuhammedov.

Eslatib o'tamiz, Eron – O'zbekiston uchrashuvi ertaga, 12 iyun kuni Tehron shahridagi “Ozodi” stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика