So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  0 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  2 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  6 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  5 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  8

Viktor Jalilov: "Bugungi o'yin durangga mos edi. Qolgan voqealar haqida esa gapirmayman" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Bugungi o'yin durangga mos edi. Qolgan voqealar haqida esa gapirmayman"

Superliganing beshinchi turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda qiyin va murakkab o'yin bo'ldi. O'zbekistondagi eng kuchli tarki jamoaga qarshi maydonga tushdik.  Bugungi o'yin durangga mos edi. Biroq imkoniyatni boy berdik. Bugun futbolchilarimiz juda yaxshi harakat qilishdi. Gol urgandan keyin ham himoyaga yotib olishmadi. Bosimdan chiqib ketishga harakat qilishdi va gol ham urishdi. Qolgan voqealar haqida gapirmayman",- deydi Viktor Jalilov.

- Davron Hoshimov o'z poziciyasida yaxshi o'ynay olayotgani yo'q. SHunday ekan Farhod Mirahmatov va Xushnud Avilovning asosiy tarkibda maydonga tushmayotganiga nima sabab bo'lmoqda?

- Farhod Mirahmatov chap qanot himoyachisi. U faqat shu poziciyada o'ynay oladi. Davron Hoshimov esa o'ng tomonda o'ynaydi. O'ng qanot himoyachimiz Xushnud Avilovda jarohat bor. Hujumchilar muammosi esa nafaqat bizda, balki butun O'zbekiston ham mavjud. Bu terma jamoada ham o'z so'zini aytmoqda. Jiddiy o'yinlarda markaziy hujumchini topa olmaysiz. Hozirgi kunda o'yin taqdirini hal qiladigan sanoqli hujumchilarga egamiz. Mashg'ulotlardagi harakatlaridan so'ng futbolchilarni maydonga tushiramiz. Ularning bugungi holatidan kelib chiqib ish tutamiz. 

- "Navbahor"da legionerlardan ko'ra mahalliy yoshlarga etibor qaratish vaqti keldimi? Bugun legionerlarning o'yinidan qoniqdingizmi?

- Hozir legioner yoki mahalliy futbolchini ajratmoqchi emasman. U yoshmi, yoshi o'tib qolganmi, men uchun maydonga tushib, berilgan vazifani bajarib, "Navbahor" libosida yaxshi o'yin ko'rsatishi muhim. Jamoaning talabiga javob bera olishi ham kerak. Mashg'ulotlarda o'zini ko'rsatganlar maydonga tushadi. Isoqjonov kichik jarohat olgani sabab uni almashtirishga majbur bo'ldim.

Mag'lubiyatga uchradikmi, demak bizga mahorat, sovuqqonlik etishmadi. Qaysidir pallada omad ham. Nimadir etishmadi. Kamchiliklarni muhokama qilamiz. Futbolchi almashtirish o'yinning borishiga qarab amalga oshiriladi. SHuning uchun Tasich o'yinga qo'shildi. Igor Golbanning oldinda ko'proq foydasi tegishini inobatga olib, uni oldinga o'tkazib, Putinchaninni orqaroqqa o'tkazdik. Xatolarni xotirjam tahlil qilamiz.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика