So’nggi yangiliklar

17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  0 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2

Viktor Jalilov: "Babayan bilan tez-tez gaplashib, maslahatlashib turamiz. U ham mendan tavsiya olib turadi" Yangiliklar

Viktor Jalilov: "Babayan bilan tez-tez gaplashib, maslahatlashib turamiz. U ham mendan tavsiya olib turadi"

O'zbekiston kubogi 3-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov o'z fikrlarini bildirdi.

- Ko'rib turganingizdek, hamma o'yinlarimiz oson kechmayapti. Bugun guruh etakchilari uchrashishdi. Hozir oson raqibning o'zi yo'q. "Olimpik" jamoasi ancha uyushqoq, o'yini shakllangan, bu futbolchilar Superligada ham o'zlarini ko'rsatishga qodirlar. Ularning mahorat, tezkorlik, to'p bilan to'g'ri harakatlanishini alohida etirof etishim mumkin. Bizda esa turli sabablarga ko'ra, barqarorlikka ega bo'lolmayapmiz. Bazilar jarohat olishgan, ayrimlarning o'yini qovushmayapti, - deydi Viktor Jalilov.

- Jamoamizda muhit yaxshi. Ayrim futbolchilar qarorimizni to'g'ri tushunishadi, ayrimlar esa yo'q. Kimdir uni faqat maqtashlariga o'rganib qolgan, bu ham psixologiya masalasi. Avvalgi jamoalarimda terma jamoa darajasidagi juda ko'plab futbolchilar to'p tepishgan, ular tanqidni to'g'ri qabul qilishardi. Golban yoki Ahmedovga nimanidir baland ovozda tushuntirsam, to'g'ri tushunishadi. Bu bolalar futboli emas, bu professional futbol, bu erda ochkolar uchun kurash boradi. SHu bois, futbolchilarimizga kerakli talablarni qo'yamiz. Nimadir o'xshamasa, o'yindan keyin tahlil qilib, futbolchilarga xatolarini ko'rsatamiz. Hakamga emas, raqib jamoa murabbiyiga etiroz bildirdim. Zaxira o'rindig'ida o'tirib, hadeb hakamga bosim qilaverish yaxshi emas, axir.

- CHempion bo'lgan "Navbahor" bilan bugungi tarkibning o'rtasidagi farq haqida aytsam, u paytlari terma jamoaga nomzodlar juda ko'p edi. Ular nomzod emas, milliy jamoaning asosiy futbolchilariga aylanib ulgurishgandi. Hozir esa Ahmedov, Golban va Panshanbe bor, xolos. Bundan ko'rinadiki, futbolchilar termaga torta olishmayapti. Futbolchilarimizni kuchsiz demayman, shunchaki, 1996 yilgi "Navbahor" darajasiga etish uchun yanada ko'proq ishlashga to'g'ri keladi.

- Futbolchilarimiz bir-birlarini tushunishlari, men ularni tushunishim uchun vaqt kerak. Bugungi tarkibdan o'rin olganlar "Navbahor"ga tasodifan kelib qolishmagan. Superligaga mos ekanlar, jamoada to'p tepishmoqda.

- Mish-mishlarga izoh bermayman. Babayan bilan tez-tez gaplashib, maslahatlashib turamiz. U ham mendan tavsiya olib turadi. Munosabatlarimiz yaxshi. Boshqa har qanday gap-so'zlar haqida hech narsa bilmayman.

- "Olimpik" o'yinidan ko'rinib turibdiki, Kapadzening futbolga o'z qarashi bor. Murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar haqida gap borganda, bu masala har ikki jamoa rahbariyatining fikrlariga qarab hal qilinadi, deya fikrlarini yakunladi Viktor Jalilov "Navbahor" matbuot xizmatiga.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика