So’nggi yangiliklar

10:11"Барселона" ва МЮ ўзаро футболчи алмашиши мумкин  1 10:04"Локомотив" — "Қизилқум" ўйини 25 август куни бўлиб ўтади. ПФЛ мавжуд ҳолат учун футбол жамоатчилигидан узр сўрайди  0 09:39Европанинг яна бир номдор клуби молиявий сабабларга кўра қаттиқ санкцияларга учраши мумкин  1 09:10"Сурхон" "Пахтакор"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛEРEЯ  1 08:44"Манчестер Сити" Альвареснинг ўрнига осиёлик ҳужумчи билан шартнома тузмоқчи  2 08:17Шунчаки дахшат! "Реал Мадрид" рекорд сумма тўлаб 12 ёшли футболчини сотиб олди  3 07:54"Сурхон" 30 йиллик нохуш анаънага чек қўйди  4 07:22Бугун Суперлиганинг 17-турига старт берилади  2 02:00Конференциялар лигаси саралаши. Ҳусанов захирадан тушган ўйинда "Ланс"дан ғалаба, де Хеадан "омадсиз камбэк"  1 01:27Рафаэль Бенитес ўзи мураббийлик қилган энг яхши футболчи кимлигини айтди  6 01:06Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумни дуранг билан бошлади  4 00:37"Лион" барча футболчиларини трансферга қўйди. Сабаби ҳам маълум  1 00:16Энрике Мбаппе ҳақидаги саволга жавоб беришни истамади: "Сизлар зерикарлисизлар"  2 23:50Харри Кейн: "Энди менда ҳам совринлар учун курашишга имкониятлар бор"  3 23:28Конференциялар лигаси саралаши. "Челси" ва "Ланс"нинг баҳс учун таркиблари маълум қилинди  2

Viktor Aleshnikov: “Superliga - kun tartibidan ko'tarilmaydigan masala” Yangiliklar

Viktor Aleshnikov: “Superliga - kun tartibidan ko'tarilmaydigan masala”

Ko'z ochib yumguncha yana bir mavsum ortda qoldi.

Yil yakunlari bo'yicha biroz tanaffusga chiqqan jamoalar yangi chempionat o'yinlariga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. O'zbek futbolida o'z o'rni, obro'si va mavqeiga ega bo'lgan G'uzorning “SHo'rtan” klubi ham rejaga ko'ra 2019 yilgi futbol mavsumiga hozirlikni boshladi.

“Oq bo'rilar” jamoasining PRO-Ligadagi o'tgan yilgi o'yinlari, yangi mavsumda kutilayotgan rejalar, maqsadlar va yangiliklari to'g'risida muxlislarni ogoh qilish uchun “SHo'rtan” PFK sayti xodimlari klub Bosh direktori V.G.Aleshnikov bilan muxtasar suhbat uyushtirdi:

- Viktor Georgievich, jamoaning 2018 yilgi PRO-Liga bahslaridagi ishtirokini qanday baholaysiz?
- Har qanday mamlakatda ham jamoaning musobaqadagi qatnashuvi to'g'risida bahoni eng avvalo muxlislar berishadi. Negaki, futbol aynan ular uchun o'ynaladi. Futbol shunday sport turiki, unda xohlasak va xohlamasak ham yutuq bilan mag'lubiyatlar yonma-yon yuradi. Qaerdadir muvaffaqiyatli o'ynadik, bazi bir o'yinlarda omadimiz kelmadi. “Andijon”, “Surxon”, “Dinamo”, “Xorazm”, “Norin” kabi jamoalar bilan tengma-teng o'ynab, hatto bazi taraflardan ustunlik ham qildik. Superligaga yo'l olgan “Andijon” jamoasini ikki bor o'z uyida engdik. Bundan tashqari Termiz, Samarqand va Xaqqulobodda g'alabalarga erishdik. SHundan kelib chiqqan holda aytishim mumkinki, 2019 yilni PRO-Liganing “A” guruhida kuchli jamoalar bilan o'tkazgan “SHo'rtan” u qadar yomon o'yin ko'rsatmadi.

- Yangi yildagi rejalar haqida to'xtalsangiz. Muxlislarni “SHo'rtan” jamoasi oldidagi maqsad va vazifalar qiziqtirmoqda.
- Bu yilgi chempionatda ham doimgidek ishtirok etamiz. Buning uchun jamoamiz juda ham yaxshi infrotuzilmaga ega. Eng zamonaviy talablarga mos ravishda bunyod etilgan stadion, mashg'ulotlar o'tkazish uchun sport majmuasi va bazamiz bor. O'z o'rnida aytib o'tish kerakki, yaqinda O'zbekiston Professional futbol Ligasidan tashrif buyurgan maxsus komissiya azolarining tekshiruv xulosalari har doimgidek juda yaxshi natija berdi. To'g'ri bazi bir tuzatishlar va bartaraf etish kerak bo'lgan kamchiliklar ko'rsatib o'tildi. Biz uni tez orada bartaraf etamiz.
Endi klub oldidagi birinchi galdagi vazifaga to'xtaladigan bo'lsak, eng avvalo muxlislarni chiroyli va mazmunli o'yinlar bilan xursand qilish asosiy maqsadimizga kiradi. Va albatta, “SHo'rtan” PFK uchun Superligaga chiqish vazifasi kun tartibidagi bosh masala hisoblanadi.  

- Albatta, yaxshi maqsad va niyatlar birinchi navbatda muxlislarni xursand qilishi shubhasiz. Lekin buning uchun moliyaviy masalalarda, qolaversa tarkibni kuchaytirish, yaxshi futbolchilarni jamlash borasida ham muammolar bo'lmasligi kerak.  
- Muammolar istalgan har bir klubda mavjud. Lekin bizning jamoamiz bosh homiysi “SHo'rtanneftgaz” MCHJ rahbariyati (rahbari SH.D.Jabborov) har doim ishlarimizda bosh-qosh bo'lib turibdi. Yil davomida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday masalalar bo'yicha yordam ko'rsatiladi. SHuning uchun ham oldimizga hech ikkilanmasdan Superliga masalasini qo'yiishimiz mumkin.

Endi tarkib va selekciya ishlariga bo'yicha gapiradigan bo'lsak, malumki, “SHo'rtan” PFK qoshida ko'p yillardan buyon futbol maktabi faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Birinchi navbatda aynan ushbu maskanda kamolga etayotgan tarbiyalanuvchilarimizga etibor qaratamiz. Keyin esa viloyatimiz hududidagi istedodli futbolchilarni tarkibga jalb etishni rejalashtirganmiz. Va o'tgan yilgi tarkibda o'zini har tomonlama ko'rsatgan futbolchilarni olib qolamiz.

-  Boshqa jamoalarda to'p surgan futbolchilarni ham taklif qilish rejasi bormi?      
-  Bor, lekin ularning hozircha ismi sharifini aytmay turamiz. Ularning ko'pchiligi avval “SHo'rtan” tarkibida faoliyat ko'rsatgan futbolchilardir va muxlislarimizga ham yaxshi tanish.

-  Yangi yilga yig'in qachondan boshlanadi?
-  8 yanvardan etiboran G'uzorda mahalliy yigitlar bilan dastlabki, tiklanish bosqichni boshlab yubordik. 1 fevraldan esa asosiy tarkib futbolchilarini  ham qo'shamiz. PRO-Liga bahslari 1 apreldan boshlanishini hisobga olib, tayyorgarlikning so'nggi hal qiluvchi bosqichini Toshkentda o'tkazamiz. U erda 4-5 ta sinov nazorat uchrashuvlarini ham tashkillashtiramiz.

-  Murabbiylar guruhida kimlar faoliyat olib borishadi?
-  Malumki, o'tgan mavsum so'ngida jamoani boshqarish Akmal Saitqulov zimmasiga yuklatilgan edi. Aynan Sayitqulov bosh murabbiyligida “SHo'rtan” bu yilgi chempionat o'yinlariga tayyorgarlik ishlarini olib boradi. Unga darvozabonlar murabbiyi Erkin Mirzaev, shuningdek Ruslan Akmirzaev yordam beradi.  

-  Hozirgi kunda O'zbekiston Professional futbol Ligasi tomonidan klublar qoshida Akademiyalar ochilishi qatiy talab sifatida qo'yilmoqda. Bu borada “SHo'rtan”da qanday ishlar qilinmoqda?    
-  Bizda bu yo'nalishda ham allaqachon ijobiy ishlar boshlab yuborilgan. Malumki, “SHo'rtan” PFK qoshida ko'p yillardan buyon bolalar futbol maktabi faoliyat ko'rsatmoqda. Bosh homiymiz “SHo'rtanneftgaz” MCHJ rahbariyati futbolni rivojlantirishga qaratilgan hukumat qarorlarini hayotga tatbiq etishda juda katta harakatlarni amalga oshirmoqda. Ana o'sha ishlarning samarasi o'laroq, futbol maktabi yangi ochiladigan G'uzor futbol Akademiyasining asosi bo'lib xizmat qiladi. Barcha zamon talablariga javob beradigan bino qurib bitkazilgan. Inshoot ichida yotoqxona, ovqatlanish, tiklanish, tibbiyot va eng muhimi o'quv xonalari mavjud. O'ylaymizki, yaqin kunlarda ishga tushiriladigan ushbu Akademiya nafaqat G'uzor, balki Qashqadaryo va mamlakatimiz futboli rivojiga ulkan turtki bera oladigan maskanga aylanadi.

"SHo'rtan" PFK matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика