So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

VIDEO. SHavkat Mullajonov: "Bahona o'tmaydi, ochko olishimiz kerak" Yangiliklar

VIDEO. SHavkat Mullajonov: "Bahona o'tmaydi, ochko olishimiz kerak"

KXDR terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'yinda ishtirok etgan futbolchilardan faqatgina SHavkat Mullajonov va Sanjar Tursunov bilan suhbatlashishga ulgurmagandik.

Dastlabki savol 1-tur uchrashuvi haqida bo'ldi.

- Birinchi o'yinda himoyada xatolar bo'ldi, umuman shu ortda qolgan o'yin va 2-tur tayyorgarligi haqida aytib bersangiz...
- Bu katta musobaqa, hammani hayajon bosadi. Muhimi, o'zimiz uchun kerakli uch ochkoni qo'lga kiritdik. Hech kim xatosiz o'ynamaydi. Ikkinchi bo'limda vazifani uddalay oldik va biz himoyachilar o'z vazifamizni bajardik.

- Bu birinchi marotaba kuzatilmayapti. So'nggi o'yinlardan kelib chiqib aytsam, dastlabki 10 daqiqada jamoa qiynalmoqda.
- To'g'ri. O'yin boshida biroz bosim bo'ladi, mana shu 10 daqiqadan keyin barcha o'zini bosib oladi.

- 1-turdan kelib chiqsak, Xitoy bizga qarshi KXDR tomonidan qo'llanilgan taktika asosida maydonga tushishi mumkin. Raqib haqida nima deya olasiz?

- O'yinni to'g'ridan-to'g'ri ko'rdik. Ikki jamoa ham birinchi o'yinda qiynaldi. Xitoyning omad keldi va penaltini qaytarishga erishdi. O'ylashimcha, ikkala jamoa ham o'z o'yinini ko'rsatmadi, xuddi biz kabi.

- Xitoy ikkinchi o'yinni ham Brisbenda o'tkazadi, bu keyinchalik bahona bo'lmaydimi?
- Yo'q, nega endi. Davlat bitta bo'lsa. Masofa qisqa. Bahona haqida o'ylashimiz kerak emas, ayniqsa ochko yo'qotish kerak emas.

- Jamoa vaqt muammosini engib o'tdimi?
- Ha, hozir hammasi joyida.

Nodirxo'ja Yuldashev.


TAS-IX


TAS-IX emas


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика