VIDEO. Sanjar Tursunov: "Hamma jamoa bilan o'ynasa bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2015, 17:00
Bugun musobaqaning ikkinchi tur o'yinlari yakuniga etdi. Ertaga bizni yana bir muhim o'yin kutib turibdi, raqib - Xitoy.
Saudiya Arabistoni bilan o'yinda Xitoy o'zining "buyuk devorini" himoyaga qo'ydi. To'p olib beruvchining maslahati bilan penaltini qaytardi. Shu kuni omad ochiqchasiga sharqliklarga kulib boqdi.

- O'yindan keyingi tiklanish jarayonimizdan qoniqish xosil qilsa bo'ladi. Faqat bugun mashg'ulotda yomg'ir yoqqanligi uchun to'liq kuch bilan shug'ullanishga imkon bo'lmadi. O'yinga qadar 100% tayyor bo'lamiz.

- Jiqqa ho'l maysada shug'ullanish qiyinchilik tug'dirmadimi?
- Qiyin bo'ldi, mashg'ulotning boshidan oxirigacha qiynaldik.

- Saudiya Arabistoni - Xitoy o'yinida tomonlarning kuchini teng baholaganimiz bilan arablar favoritdek ko'ringan edi...
- O'ylashimcha, Xitoyning himoyasi yaxshi harakat qildi va qarshi hujumda ham o'ynadi. Shuning uchun ularga jiddiy raqib sifatida qarashimiz kerak. Birinchi tur o'yinlariga kelsak, kim birinchi gol ursa o'sha yutardi.



- Xitoyni shu o'yinidan kelib chiqsak, 2-tur bahsi ham xuddi KXDR bilan bahsga o'xshash bo'ladi deyish mumkinmi?
- Har bir jamoa o'z raqibiga qarshi turli taktikalarni tanlashi mumkin. Xitoyni yaxshilab o'rganishda davom etamiz. Balki ular bizga qarshi boshqa taktikada maydonga chiqishar.

- KXDR bilan o'yinni eslasak, ikkita yaxshi imkoniyatga ega bo'ldingiz, ammo... Xatolarni ko'rib chiqdingizmi?
- Xatodan to'g'ri xulosa chiqargan holda keyingi o'yinda shunday vaziyatda yaxshiroq harakat qilishga urinaman.

- "A" guruhidagi natijalar biz uchun ahamiyatsiz emas, Avstraliya va J.Koreya, qaysi biri qiziqroq ko'rindi?
- Avstraliya - Ummon o'yinini ko'rdik. Avstraliyani a'lo darajada taassurot qoldirdi deb ayta olmayman. Hamma bilan o'ynasa bo'ladi, avval guruhdan chiqib olaylik, keyin bu haqda o'ylaymiz.


Nodirxo'ja Yuldashev



TAS-IX hududida


TAS-IX emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia