VIDEO. Fazliddin G'oibnazarov Uilbert Lopesni qanday nokautga uchratdi?

Narzulla Saydullayev
21 okt 2018, 19:04
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan Fazliddin G'oibnazarov AQSHda o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.

Hamyurtimizga amerikalik bokschi Uilbert Lopes raqiblik qildi. Sakkiz raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Fazliddin ikkinchi raundda kuchli zarbalari evaziga Lopesni nokautga uchratdi.

Ma'lumot uchun, Fazliddin shu kungacha professional ringda 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasini o'z foydasiga hal qilgan. Janglarning 3 tasida raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan. 


>>>VIDEONI KO'CHIRIB OLISH<<<


TAS-IX

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com