VIDEO. Besh yil oldin - Aguerooo
13 may 2017 12:55
Yangiliklar
VIDEO. Besh yil oldin - Aguerooo
So'nggi turdan oldin "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" hisobida 86tadan ochko bor edi. "Siti" to'plar nisbatiga ko'ra musobaqa jadvalida birinchi o'rinda borayotgandi.
Oxirgi turda Manchini boshchiligidagi "Manchester Siti" o'z maydonida KPRni qabul qildi. Aleks Fergyuson boshchiligidagi "Manchester Yunayted" esa safarda "Sanderlend" mehmoni bo'ldi.
Dastlabki bo'limda Ueyn Runi gol urib MYUni oldinga olib chiqdi. "Siti" ham Sabaletaning goli evaziga 1:0 hisobida oldinda edi.
Bunday holatda "shaharliklar" chempion bo'lishardi.
Biroq 66-daqiqaga kelib voqealar rivoji keskin o'zgarib ketdi. "Etixad" stadionida g'aroyib hodislar sodir bo'la boshladi. Jibril Sisse 48-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 55-daqiqada Joui Barton qizil kartochka olib KPRni 10 kishi qoldirdi. Ammo kamchilikdagi mehmonlar Makining goli evaziga oldinga o'tib olishdi! Bu hisob "qizil iblislar"ni chempion qilardi.
Bahsning 90-daqiqasida ham hisob o'zgarmagandi. "Siti" 90+2-daqiqada Edin Jeko tomonidan urilgan gol evaziga hisobni tenglashtirdi. Bu ham Manchini jamoasiga etarli emasdi. "Sanderlend" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlandi.
"Etixad" stadionidagi tabloda 93:20 raqamlari porlab turgan paytda argentinalik Serxio Aguero gol urib stadionni larzaga keltirdi...O'sha gol evaziga TV sharhlovchisining hayqirig'i tufayli keyinchalik "Aguerooo" xeshtegi mashhur bo'lib ketdi.
Yakunda "Siti" APL oltin medallariga ega bo'ldi. Uchrashuvdan oldin ligani tark etish xavfi bo'lgan KPR esa raqobatchisining mag'lub bo'lgani evaziga APLda qolgandi.

TAS-IX
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar