Vidal va Turan "Espanol"ga qarshi bahsda "Barselona" safida debyut qilishi mumkin
05 jan 2016 18:14
Yangiliklar


Vidal va Turan "Espanol"ga qarshi bahsda "Barselona" safida debyut qilishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Espanol"ga qarshi Ispaniya Kubogining 1/8 final uchrashuvida ishtirok etuvchi futbolchilar ro'yxatini elon qildi.
Bu bahs ertaga "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
Bu ro'yxatdan Aleyks Vidal va Arda Turanlar ham joy oldi.
"Barselona" tarkibi: Ter SHtegen, Masip, Pike, Rakitich, Buskets, Alves, Turan, Inesta, Suares, Messi, Neymar, Maskerano, Bartra, Munir, Alba, Vidal, Vermalen, Matyo.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar