Vidal hakamga nima degani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
26 noya 2020, 23:52
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal "Real"ga qarshi o'yin vaqtida qizil kartochka olgandi.

Chililik futbolchi bosh hakam bilan bahslashgani uchun avvaliga sariq, 10 soniyadan keyin qizil kartochka olgandi. O'sha vaqtda Vidal bosh hakam Entoni Teylorga: "Ahmoq, vaziyatni VARda ko'rsang, ko'zing o'yilib tushadimi. Bir qop ahlatsan", - degan.

"Football Italia" xabariga ko'ra, 33 yoshli Vidal klub tomonidan jarimaga tortiladi. Biroq summa aniq ma'lum qilinmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia