Vialli: "CHelsi"ni o'rnida Konteni qo'yib yuborishdan oldin uch marta o'ylab ko'rardim"
19 may 2018 17:12
Yangiliklar


Vialli: "CHelsi"ni o'rnida Konteni qo'yib yuborishdan oldin uch marta o'ylab ko'rardim"
"CHelsi" sobiq hujumchisi Janluka Vialli jamoa bosh murabbiyi Antoni Kontening kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Antonio o'rnida "CHelsi"dan ketish haqida ikki marta o'ylab ko'rgan bo'lardim.
"CHelsi" o'rnida esa Konteni qo'yib yuborish borasida uch bora bosh qotirardim. Ular bir-biriga mos, bu ittifoq davom etishiga umid qilaman.
Menimcha, o'tgan mavsum u chempionatda g'olib bo'lib, o'zini ko'rsata oldi. 6-7ta klub chempionlik uchun kurashgan turnirda g'olib bo'lish doimo qiyin.
CHempionlikdan keyingi mavsum har doim og'irroq. Raqobat kuchayadi, shunday ekan Antonio qo'lidan kelgan bor kuchini ishga soldi" - deydi Vialli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar