Veynaldum: "Bugun bizning kunimiz emasdi"
27 iyu 2021 23:43
Yangiliklar
Veynaldum: "Bugun bizning kunimiz emasdi"
Niderlandiya sardori Jorjino Veynaldum jamoasi Evro-2020 1/8 finalida CHexiyaga yutqazganidan (0:2) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Ikkinchi bo'lim boshida bizda yaxshi imkoniyatlar bo'lgandi, yaratilgan vaziyatlardan gol urishimiz kerak edi. Qizil kartochkadan so'ng chexlarga bosim o'tkazish qiyinlashdi, o'zimizning yarim maydonimizdan chiqa olmadik. Ammo chetlatishdan avval ham juda kam vaziyatlar yarata oldik.
Musobaqa oldidan terma jamoa o'yin sifatini ko'p tanqid qilishdi. Biz buni o'zgartirgandik. Bugun bizning kunimiz emas edi. Men nima bo'lganini tushuntirib berolmayman. Buni aytish qiyin, ammo haqiqat — biz mag'lub bo'ldik", - deydi PSJning bo'lajak futbolchisi.
Fikrlar