So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  1 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  7 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  26 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   38 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  227 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Nazorat uchrashuvi. O'zbekiston Vetnam darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. O'zbekiston Vetnam darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi

Vetnam va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

O'rtoqlik uchrashuvi

Vetnam - O'zbekiston 0:2

Gol: 0:1 — 26, Oston O'runov, 0:2 — 66, Husniddin Aliqulov.

Vetnam: 1.Nguen Din Trieu, 2.Do Duy Man, 8.Do Xung Dung, 12.Pxan Tuan Tai, 15.Nguen Din Bak, 16.Nguen Tai Son, 17.Vo Min Trong, 18.Pxam Tuan Xai, 19.Nguen Kuang Xai, 20.Bui Xoang Viet An, 28.Truong Tien An.
Zaxira: Van Toan, Tuan Duong, Tan Bin, Vang Tung, Van Toan, Duk CHien, Xoang Duk, Van Viet, Tien Lin, Van Luan, Vi Xao, Van Xang.

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov (Botirali Ergashev, 46) - 3.Hojiakbar Alijonov (22.Abbos Fayzullaev, 58), 5.Rustam Ashurmatov (14.Abduqodir Husanov, 58), 13.SHerzod Nasrullaev (4.Farrux Sayfiev, 46), 15.Umar Eshmurodov (2.Alibek Davronov, 79), 23.Husniddin Aliqulov (18.Abdulla Abdullaev, 79) - 6.Aziz G'aniev (Aziz Turg'unobev, 46), 9.Odilbek Hamrobekov (7.Otabek SHukurov, 46), 10.Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboev, 58), 11.Oston O'runov (8.Jamshid Iskanderov, 46) - 21.Igor Sergeev (17.Bobir Abdixoliqov, 46)
Zaxira: Abduvohid Nematov.

Ogohlantirish: Rustam Ashurmatov (41)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi!

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Abdixoliqovga nisbatan qoida buzildi.

79. Terma jamoamiz tarkibida ikki o'zgarish: Davronov va Abdullaev tushirildi, Eshmurodov va Aliqulov zaxiraga olindi.

77. Sayfievning chap qanotdan uzatmasini raqib himoyachilari qaytardi.

75. Vetnamlik hujumchi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

70. Fayzullaev hujumda qoidabuzarlik sodir etdi.

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Aliqulov burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi!

65. Xavfli vaziyat! Yaxshiboevning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

64. Yaxshiboevning zarbaga aylanib ketgan uzatmasiga biroz aniqlik etishmadi. Fayzullaev sherigining uzatmasiga eta olmadi.

62. Yaxshiboev ijrosida zarba, ammo raqib posboni hushyorlikni yo'qotmadi.

58. Terma jamoamiz tarkibida yana o'zgarishlar yuz berdi: Rustam Ashurmatov, Hojiakbar Alijonov va Jaloliddin Masharipov o'rniga Abduqodir Husanov, Abbosbek Fayzullaev va Jasur Yaxshiboev tushirildi.

57. Iskanderovniing zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

54. Alijonov raqibning chap qanotdan boshlagan hujumini buzdi.

48. Alijonov maydonda yotibdi. Keyinroq himoyachi o'rnidan turdi. Uning ahvoli yaxshi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Vetnam tarkibida biryo'la uchta o'zgarish sodir bo'ldi. Terma jamoamiz tarkibida esa oltita futbolchi almashdi. Botirali Ergashev, Farruh Sayfiev, Jamshid Iskanderov, Aziz Turg'unboev, Otabek SHukurov, Bobir Abdixoliqov maydonga tushirildi. O'tkir Yusupov, SHerzod Nasrullaev, Oston O'runov, Igor Sergeev, Odil Hamrobekov maydonni tark etdi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

41. Ashurmatov raqib futbolchisiga nisbatan qo'pollik ishlatgani sababli hakam tomonidan ogohlantirildi.

40. Vetnamliklar xavfli vaziyat tashkillashtirishga urindi, himoyachilarimiz xavfni bartaraf etildi.

36. G'anievning zarbasi ancha noniq ko'rinish oldi.

35. Masharipovning bosh bilan yo'llagan zarbasini Nguen Din Trieu qiyinchiliksiz egallab oldi.

34. Sergeev raqib himoyachisining xatosidan unumli foydalana olmadi, uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Vetnam posboni qaytardi.

33. Vetnam tarkibida ikkita o'zgarish yuz berdi.

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! O'runov individual harakatlari evaziga raqib jarima maydonining chaprog'ida uzoq masofadan raqib darvozasining olis burchagini aniq nishonga oldi!


24. G'anievning standartdan amalga oshirgan uzatmasini raqib himoyachilari qaytardi.

23. Himoyachilarimiz raqibning o'ng qanotda rivojlantirayotgan hujumini buzib qo'ydi. 

18. Vetnamlik futbolchi jarohat oldi. Majburiy o'zgarish bo'ladi.

15. Masharipov chiroyli pas bermoqchi bo'ldi, biroq u sherigi bilan bir-birini tushunmadi, natijada to'p yo'qotildi.

12. Vetnam futbolchilarining burchakdan uzatmasini Yusupov egallab oldi va tezkor qarshi hujum boshladi. Biroq hujum tezligi susaydi va xavf bartaraf etildi.  

11. Vetnamlik futbolchi Alijonovning oyog'ini bosib oldi.

9. Ikki jamoa futbolchilari to'qnashib ketdi. SHifokorlar maydonga chiqishdi. Hamrobekov o'rnidan turdi.

7. Nasrullaevning olis masofadan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

5. Alijonovning uzatmasi hujumchilarga etib bormadi, keyinchalik to'p uchun kurashda Sergeev raqib himoyachisiga nisbatan qoida buzdi.

4. Hamyurtlarimiz ilk hujumini tashkillashtirdi, O'runovning uzatmasi raqib posboniga borib tushdi.

Texnik nosozlik sababli ilk daqiqadanoq aloqa uzilishi ro'y berdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика