"Vest Xem" Tevesni qaytarishni istamadi
07 iyu 2016 10:25
Yangiliklar


"Vest Xem" Tevesni qaytarishni istamadi
Argentinalik Karlos Teves yana "Vest Xem" safida paydo bo'lishi mumkin edi.
"Bolg'alilar" ustozi Slaven Bilich Tevesni hujumni kuchaytiruvchi futbolchilardan biri deb hisoblab, uni jamoaga chaqirmoqchi edi. Ammo argentinalik haftasiga 250 ming funt talab qildi.
"Teves bilan tarkibimizni kuchaytirmoqchi edik, ammo u haftasiga 250 ming funt talab qildi. U "Yuventus"da yaxshi o'ynagan, lekin bu pulga arzidigan darajada emas" - deydi "Vest Xem" xo'jayini Devid Sallivan.
Teves 2006-2007 yillarda "Vest Xem" sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar