"Vest Xem" muxlislari o'yin payti Lingard tomon soxta pul otishdi Yangiliklar

"Vest Xem" muxlislari o'yin payti Lingard tomon soxta pul otishdi

Biroz avval Angliya chempionati 2-turidan o'rin olgan "Nottingem Forest" – "Vest Xem" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuv davomida mehmonlarning muxlislari yozda jamoani rad etib, boshqa klub safiga qo'shilgan Jessi Lingard tomon soxta pullarni otishgan.

Londonlik ishqibozlar Lingard pul uchun "Nottingem" safiga qo'shildi deb hisoblamoqda.

Eslatib o'tamiz, Jessi 2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida "Vest Xem"da ijara asosida samarali harakat qilib, 16 o'yinda 9 ta gol urdi va klubning Evropa ligasiga yo'llanma olishida yordam berdi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика