So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

APL. Bir necha bor VARga murojaat qilingan uchrashuvda "Manchester Siti" 5ta gol urdi Yangiliklar

APL. Bir necha bor VARga murojaat qilingan uchrashuvda "Manchester Siti" 5ta gol urdi

"Vest Xem" hamda "Manchester Siti" o'rtasida o'tkaziladigan Angliya Premer-ligasining 1-tur uchrashuvi yakunlandi.

West Ham United

Premier League . 1-tur

10/08/2019, 16:30

5
:
0
Tugadi

Manchester City

Gabriel Jesus - 25', Raheem Sterling - 51', Raheem Sterling - 75', Sergio Aguero - 86', Raheem Sterling - 90'

Stadion: London Stadium, 59870 tomoshabin

Bosh hakam: Mike Dean

45'
90'
46'  Michail Antonio (Pablo Fornals)
56'  Jack Wilshere (Robert Snodgrass)
61'  Fabian Balbuena
62'  Felipe Anderson
66'  Felipe Anderson (Javier Hernandez)
25'  Gabriel Jesus
25'  Kyle Walker
51'  Raheem Sterling
51'  Kevin De Bruyne
53'  Gabriel Jesus
69'  Gabriel Jesus (Sergio Aguero)
75'  Raheem Sterling
75'  Riyad Mahrez
79'  Kevin De Bruyne (Ilkay Gundogan)
80'  David Silva (Phil Foden)
85'  Sergio Aguero
86'  Sergio Aguero
87'  Kyle Walker
90'  Raheem Sterling
90'  Riyad Mahrez
90'  Raheem Sterling


"Vest Xem" – "Manchester Siti" 0:5

"Olimpiya stadioni"

Gollar: 0:1 – 25 Gabriel Jezus, 0:2 – 51 Sterling, 0:3 – 75 Sterling, 0:4 – 86, penalti Aguero, 0:5 – 90 Sterling.

"Vest Xem": Fabianski, Kressuell, Balbuena, Frederiks, Diop, Antonio (Fornals, 46), Felipe Anderson (Ernandes, 66), Uilsher (Snodgrass, 56), Lansini, Rays, Aller.

"Manchester Siti": Ederson, Uoker, Stounz, Zinchenko, Laport, Silva (Foden, 80), Rodri Ernandes, Sterling, de Bryuyne (Gyundogan, 79), Marez, Gabriel Jezus (Aguero, 69).

Ogohlantirishlar: Balbuena (61), Felipe Anderson (62), Uoker (87), Sterling (90).


APL turnir jadvali bilan tanishing



Uchrashuv yakunlandi! "Manchester Siti" "Vest Xem"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi va turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi.

90+2. GOL! Marezning pasidan so'ng darvozabon bilan birga-bir chiqqan Sterling o'zining uchinchi golini urishga muvaffaq bo'ldi. 0:5.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

83. Penalti. Riyad Marezni raqib jarima maydonchasida yiqitishdi. Aguero penaltini golga aylantira olmadi, Fabianski zarba yo'nalishini topdi. Penalti qaytadan tepiladi, Serxio penaltini ijro etayotganda Fabianski ikki qadam tashlab chiziqni tark etgani uchun. Ikkinchi urinishda argentinalik forvard gol urdi. 0:4.

80. O'zgarish: De Bryuyne o'rniga Ilkay Gyundogan maydonga tushdi.

75. GOL! Sterling Marezning ajoyib uzatmasini golga aylantirdi, ammo takroriy lavhada ofsayd borga o'xshadi. Yana VARga murojaat qilinmoqda. Videoassistent tizimi bu safar "shaharliklar" foydasiga qaror chiqardi.

73. EDERSON! CHicharito qanotdan uzatilgan to'pni tizzasi bilan darvozaga burdi, braziliyalik posbon ilk zarbani qaytarishga erishdi, qaytgan to'pga Lansini boshi bilan zarba berdi, bu safar ham Ederson o'zini ko'rsatdi.

69. O'zgarish: Gabriel Jezus o'rnini Serxio Aguero egalladi.

65. O'zgarish: Jarohat olgan Felipe Anderson o'rniga CHicharito maydonga tushdi.

62. Sariq kartochka: Felipe Anderson Laportga nisbatan qo'pol o'ynadi va jazolandi.

61. Sariq kartochka: Balbuena Jezusga qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

60. "Vest Xem"da gol urish uchun qulay vaziyat bo'ldi. London klubi himoyachisi Diop standartdan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga burishga urindi, biroz noaniq.

56. O'zgarish: Uilshir Snodgrass maydonga tushdi.

53. "SHaharliklar"dan navbatdagi gol! "Manchester Siti"ning ajoyib kombinacion hujumi Jezusning goli bilan yakunlandi. 0:3! Kechirasiz, VAR tizimi golni hisobga olmadi, Sterling ofsaydda ekan.

51. GOL! Raxim Sterling darvozani ishg'ol qildi. Kevin de Bryuyne to'p bilan raqib darvozasi oldigacha borib, qulay vaziyatdan turgan Raxim Sterlingga to'pni uzatdi. Angliyalik esa chap oyoqda to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. (golni ko'chirib olish)

46. O'zgarish: Pablo Fornals Antonio o'rniga maydonga tushdi.

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda, "Vest Xem" safida o'zgarish bor.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

38. "Manchester Siti" raqib jarima maydonchasi oldida kombinacion hujum tashkil qildi va de Bryuyne hujumni hujum bilan yakunlashga qaror qildi. Fabianski to'pni egallab oldi.

32. Zinchenko o'z jarima maydonchasi ichida raqibini yiqitdi, hakam penalti belgilamadi, ammo erdamchi referilar VAR orqali vaziyatga baho bermoqda. Videoassistentlar ham qoida buzilmaganini qayd etishdi.

Bunday zaxira barcha murabbiylarning orzusi

28. De Bryuyne qanotdan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi, David Silva esa ortidagi jamoadoshini eshitmay, to'pni darvozaga burishga urindi, noaniq. Buning ustiga offsayd bor ekan.

25. GOL! "Manchester Siti" hisobni ochdi. Gabrieel Jezus "shaharliklar"ning joriy mavsumdagi birinchi goliga mualliflik qildi. Braziliyalik forvard Uokerning qanotdan uzatgan to'piga birinchi bo'lib etib keldi va bir teginish bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. (golni ko'chirib olish)

21. MAREZ! Riyad jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va aldamchi harakat bilan bir raqibini "xot-dogga yubordi". Kattaroq hududga ega bo'lgan jazoirlik darvoza tomon zarba berdi, biroq u tashqi tomondan darvoza to'rini nishonga oldi.

15. SILVA! Riyad Marez o'z qanotidan jarima maydonchasiga kirdi va to'pni orqaroqda turgan David Silvaga uzatdi. Ispaniyalik o'sha joydan darvozani ishg'ol qilishga urindi, biroq zarba yo'nalishi noaniq chiqdi.

13. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik odatdagidek "Manchester Siti"da, biroq London klubi ham to'psiz yugurishni istamayapti va tez-tez pressing uyushtirmoqda.

9. MAREZ! Riyad o'ng qanotdan markazroqqa o'tdi va darvoza tomon zarba berdi. Fabianski bir amallab to'pni qaytarib qoldi. Burchakdan o'yinga kiritilgan to'p esa "shaharliklar"ga naf keltirmadi.

7. Lansini raqib maydoni oldida to'pni olib qo'ydi, ammo argentinalik futbolchi Rodri bilan kurashda to'pni maydonda saqlab qola olmadi. Ispaniyalik yarim himoyachi Manuelni yiqitgandek bo'ldi, biroq hakam VARga murojaat qilgani yo'q.

2. Uchrashuv boshidan Kayl Uoker raqib sardori Kressuelga jarohat etkazgandek bo'ldi. Ammo hammasi joyida, "Vest Xem" futbolchisi o'yinni davom ettira oladi.

1. Uchrashuv boshlandi!


- Eslatib o'tamiz, joriy mavsumdan boshlab APL uchrashuvlarida VAR (videoassistent) tizimi qo'llaniladi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelishbi, tarkiblar bilan esa pastroqda tanishib olishingiz mumkin.

- Assalomu alaykum Angliya Premer-ligasi futboli ihlosmandlari. Bir necha daqiqalardan so'ng "Olimpiya stadioni"da "Vest Xem" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi uchrashuvga start beriladi. Ushbu sahifa orqali uchrashuvdagi voqealardan xabardor bo'lishingiz mumkin.


1-tur

"Vest Xem" – "Manchester Siti" 0:5 LIVE

"Olimpiya stadioni"

Gol: Jezus 25, Sterling 51, 75, 90, Aguero 85.

"Vest Xem": Fabianski, Kressuell, Balbuena, Frederiks, Diop, Antonio, Felipe Anderson, Uilsher, Lansini, Rays, Aller.

"Manchester Siti": Ederson, Uoker, Stounz, Zinchenko, Laport, Silva, Rodri Ernandes, Sterling, de Bryuyne, Marez, Gabriel Jezus.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика