"Vest Bromvich" Musa uchun pul topolmayapti
07 fev 2021 00:46
Yangiliklar


"Vest Bromvich" Musa uchun pul topolmayapti
Nigeriya terma jamoasi hujumchisi Ahmad Musaning "Vest Bromvich"ga transferi muvaffaqiyatsizlikka uchrash arafasida, deya xabar tarqatdi Daily Mail.
28 yoshli futbolchi ayni paytda Angliyada, u allaqachon tibbiy ko'rikdan o'tishga ulgurdi. Erkin agent maqomida bo'lib turgan forvard ingliz klubi bilan mavsum oxiriga qadar shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ammo, "Vest Bromvich" rahbariyati jamoaning xarajatlarini kamaytirmoqchi, shu tufayli Musa bilan tuzilajak shaxsiy bitim shartlarini kelisha olmayapti. Futbolchiga APLning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, nigeriyalik o'yinchiga Angliya chempionati begona emas. U 2016-2018 yillarda "Lester" sharafini himoya qilgan edi. Ahmad Musaning so'nggi klubi Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar