So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Vesko Steshevich: "SHu tarkib bilan mavsum oxirigacha ligada jon saqlash uchun kurashamiz" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "SHu tarkib bilan mavsum oxirigacha ligada jon saqlash uchun kurashamiz"

"Metallurg" ustozi Vesko Steshevich "Neftchi"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsdan (0:1) so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vesko Steshevich: "Neftchi"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, bunday jamoalarga mag'lub bo'lish uyat emas, ammo durangga erishmoqchi edik. "Neftchi" gol urganidan so'ng bahs taqdirini o'zgartira olmadik".

- Qayd etilgan hisob o'yinga mosmi?

- Obektiv qaraydigan bo'lsak, ha, hisob o'yinga mos bo'ldi deb o'ylayman. Birinchi bo'limda Abdumannonov gol urishga yaqin keldi, ikkinchi taymda ham vaziyat bo'ladi deb o'ylagandik, biroz omadimiz kelmadi.

- Zabixillo O'rinboev ko'proq orqaroqdan hujumga qo'shildi, Bektemir Abdumannonov esa asosiy hujumchidek ko'rindi. Bu sizni ko'rsatmangizmi?

- Ha. O'rinboev chiziqlar orasida o'ynadi va to'pni qabul qilish uchun orqaroqqa qaytdi. Abdumannonov va Nematojonov yuqoriroqda o'ynashlari kerak edi.

- Transfer oynasi yopilishiga yana 2 kun bor. Klub yana yangi futbolchilar olib kelishni reja qilyaptimi?

- "Metallurg" transfer ishlarini yakuniga etkazdi. SHu tarkib bilan mavsum oxirigacha ligada jon saqlash uchun kurashamiz.

- Jamoada ikki eronlik paydo bo'ldi. Ularni qachon maydonga tushirmoqchisiz?

- SHunday, biroq ularning biri betob bo'lib, bir hafta maydonga tusha olmadi, ikkinchisi yaqindagina jamoaga qo'shildi. Kelasi bahslarda ular xizmatidan foydalanishga umid qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика