So’nggi yangiliklar

00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  12 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4

Vesko Steshevich: "O'yin qiyin boshlandi. O'ninchi daqiqalardan so'ng o'zimizga keldik" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "O'yin qiyin boshlandi. O'ninchi daqiqalardan so'ng o'zimizga keldik"

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbout anjumanida qatnashdi.


O'yin haqida

- O'yin qiyin boshlandi. Biroq, o'ninchi daqiqalardan so'ng o'zimizga keldik. Vaqt o'tgan sari maydon markazini egallab bordik va bir qancha xavfli qarshi hujumlar tashkil qildik. Penaltidan gol urdik. Birinchi bo'limda yana vaziyatlar bo'ldi. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshladik. Ikkita juda chiroyli gol kiritdik. Bundan so'ng esa bizda qilinishi kerak bo'lgan o'zgarishlar amalga oshirildi. Albatta, biz g'alabani saqlab qolishga harakat qildik. Bu biz uchun juda muhim edi. Biroz vaziyatni qo'ldan chiqarayotgandek ko'rindik, ammo shu holatda ham bizda ajoyib vaziyat bo'ldi. Ubaydullaev bugun gol ura olmaganidan afsusdaman. Uning 90 daqiqa davomidagi mehnati taqsinga sazovor. G'alaba bizga juda kerak edi. O'ylaymanki, biz bunga loyiq edik. "So'g'diyona"ni ham etirof etmoqchiman. Ularda yaxshi jamoa shakllangan. Murabbiy ham juda yaxshi ish olib bormoqda. Kelajakda ularga omad tilayman. Biz ham umid qilamanki, oldimizga qo'ygan vazifani uddalaymiz. 

- Hozircha Superligada eng ko'p gol o'tkazgan jamoa "Metallurg" bo'lib turibdi. Markaziy himoyadagi 3 nafar legionerning o'yinidan qanchalik mamnunsiz?

- Bugungi o'yindan keyin bu mavzuni muhokama qilish biroz g'alati bo'ladi. Bugun biz g'alaba qozondik. Markaziy himoyachilarimiz ham bugun ajoyib o'yin ko'rsatishdi, nazarimda. Dastlabki, 10 daqiqani hisobga olmaganda, ular berilgan vazifani alo darajada uddalashdi. SHu sabab ham men ularning o'yinini hozir muhokama qilishni unchalik ham to'g'ri deb bilmayman.

- Abdumannov va Nematjonov kabi yosh hujumchilar so'nggi o'yinlarda maydonda ko'rinishmayapti. Ularni yana qachon tarkibda ko'rishimiz mumkin bo'ladi?

- Ularda jarohat bor. Tiklanish jarayoni davom etmoqda. Nematjonovda Jahon chempionati paytida orttirib olingan jarohat bor. O'sha jarohat hozirda uni bezovta qilmoqda. Bizda bir necha kun bor. 6 sentyabrdan boshlab yana tayyorgarlikni boshlaymiz. Ko'ramiz, ularning holati qanday bo'ladi.

- Ushbu o'yin Bekoboddagi oxirgi o'yin edi. Jamoa uy o'yinlarini endi Olmaliq shahrida o'tkazadi. Bu murabbiy sifatida sizga qanday qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin?

- Murabbiyga farqi yo'q. Menimcha, bu butun jamoaga, futbolchilarga biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Sababi, biz muxlislarni xursand qilishimiz kerak. Ular har doim jamoani qo'llab-quvvatlashadi. Tabiiyki, boshqa maydonda muxlislarimizning o'rni bilinadi. Ammo biz ishonamizki, jamoa to'g'ri yo'ldan ketyapti. Uy o'yinlarimizni qaerda o'tkazmaylik, bugungidek o'yin ko'rsatsak, hammasi yaxshi bo'ladi. Muxlislardan biz qaerda o'ynamaylik, qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика