So’nggi yangiliklar

21:47ЕЧЛ. "Барселона" – "Бенфика". Таркиблар аниқ!  0 21:26"Сурхон" Термизда таништирув маросими ўтказди  0 21:15АПЛнинг учта гранд жамоаси Рафиньяни сотиб олмоқчи  1 20:50Артета АПЛ ёки ЕЧЛдан қайси бирини ютишни кўпроқ хоҳлайди?  1 20:25"Манчестер Сити" Флориан Вирц билан музокараларни бошлади  3 19:59Ван Дейк - ПСЖ билан ўйин ҳақида: "Умид қиламанки, "Ливерпуль" Чемпионлар Лигаси чорак финалига чиқади"  1 19:31Клопп ўзининг энг катта трансфер хатосини айтди  1 19:08Гвардиола Родрига ўринбосар топди  1 18:44"Реал" Модрич ўрнига ПСЖ ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  9 18:20Дарвин Нуньес "Ливерпуль"дан хафа  8 17:58Погба дисквалификацияни ўтаб бўлди ва майдонга қайтиши мумкин  8 17:26Суперлига. 3-тур ўйинлари бошланиш вақтлари  1 17:01МЮ 2 млрд фунт эвазига 100 000 ўринли янги стадион қурилишини эълон қилди  10 16:37Муҳаммад Салоҳ "Барселона"га ўз хизматларини таклиф қилди  22 16:01Ўзбекистон U-23 термаси Хитойда, унинг захира жамоаси эса Туркиядаги халқаро ўйинлар ўтказади  9

A Seriya. SHomurodov debyut o'yinini o'tkazgan bahsda "Jenoa" "Verona" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

A Seriya. SHomurodov debyut o'yinini o'tkazgan bahsda "Jenoa" "Verona" bilan durang o'ynadi

Italiya A Seriyasi 4-tur doirasidagi "Verona" - "Jenoa" o'yini bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz asosiy tarkibda maydonga tushdi va 63-daqiqada o'z o'rnini Skamachchaga bo'shatib berdi. SHomurodov bu vaqt davomida darvoza tomon zarba bermagan bo'lsa ham, o'yinda "yo'qolib qolmadi" va faol o'ynashga harakat qildi. O'yindagi ustunlik esa "Verona" tarafida bo'ldi, ammo "Jenoa" posboni Mattia Perin bir necha bor ajoyib seyvlar ijro etdi. Yakuniy hisob esa 0:0.


"Verona" - "Jenoa" 0:0

"Verona" (3-4-2-1): Silvestri, CHekkerini, Lovato, Alan Emperor (Dimarko, 67), Faraoni, Tamez (Salsedo, 81), Lazovich, Ilich, Ronaldu Vieyra, Kolli (Zakkani, 81), Favilli (Kalinich, 60). 

"Jenoa" (3-5-2): Perin, CHiborra, Masello, Bani (Goldaniga, 69), Gilone, Badel (Bexrami, 79), Rovella (Ebong, 79), Radovanovich, Sapata, SHomurodov (Skamakka, 63), Pandev (Parijini, 79). 

Ogohlantirishlar: Badel (11), Pandev (42), Tamez (53), Gilone (54), Goldaniga (85).


ITALIYA A SERIYASI TURNIR JADVALI VA TO'PURARLAR RO'YXATI BILAN TANISHING

Hellas Verona

Serie A . 4-tur

20/10/2020, 00:45

0
:
0
Tugadi

Genoa

Stadion: 0 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Rapuano

45'
90'
53'  Adrien Tameze
60'  Andrea Favilli (Nikola Kalinic)
66'  Alan Empereur (Federico Dimarco)
81'  Adrien Tameze (Eddie Salcedo)
81'  Ebrima Colley (Mattia Zaccagni)
11'  Milan Badelj
43'  Goran Pandev
54'  Paolo Ghiglione
63'  Eldor Shomurodov (Gianluca Scamacca)
69'  Mattia Bani (Edoardo Goldaniga)
78'  Milan Badelj (Valon Behrami)
79'  Nicolo Rovella (Steeve Eboa Ebongue)
79'  Goran Pandev (Vittorio Parigini)
85'  Edoardo Goldaniga


→ Eldor SHomurodov dastxati tushirilgan futbol to'pini yutib oling! 


O'YIN YAKUNLANDI

90. Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

85. "Jenoa"da yana ikkita sariq kartochka: Goldaniga qo'pol harakati uchun sariq kartochka olgan bo'lsa, mehmonlar ustozi Maran ham hakam tomonidan ogohlantirildi.

84. "Verona" o'yinchisi standartdan so'ng to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi va mezbonlar o'yinchisi bosh bilan raqib darvozasiga zarba berdi. Ammo, yana Perin ajoyib seyvi bilan jamoani muqarrar goldan saqlab qoldi. 

84. "Verona" ayni damga qadar raqib darvozasi tomon 16ta zarba berdi, "Jenoa"da esa bu ko'rsatkich 6tani tashkil etmoqda.

81. "Verona" murabbiyi ham ikki o'zgartirishni amalga oshirdi: Zakkagni - Kolli, Salkedo - Tamez.

80. "Jenoa"da bir yo'la uch o'zgarish: Bexrami - Badel, Ebo Ebungo - Rovella, Parijini - Pandev. 

76. O'yin davom etmoqda, SHomurodov maydonni tark etganidan so'ng bahs sokinroq o'tayotgandek). Ammo hali "Jenoa" himoyalanmoqda, "Verona" esa to'pga ko'proq egalik qilmoqda.

71. Ha, o'yin ancha sokinlashdi, temp esa yuqori emas.

69. O'zgarishlar davom etmoqda. Bu safar "Jenoa"da: Goldaniga Banini almashtirdi.

67. Mezbonlar tarkibidagi navbatdagi o'zgarish: Emperor maydonni tark etdi, uning o'rniga esa Dimarko tushirildi.

66. Burchak zarbalari bo'yicha ko'rsatkich butunlay "Verona" tarafida: 13-1 (!)

63. "Jenoa"da o'zgarish: SHomurodov o'z o'rnini Skamachchaga bo'shatib berdi. Eldor yomon o'yin o'tkazmadi, umid qilamizki, hamyurtimiz keyingi o'yinlardan jamoaga, umuman A Seriyaga yanada moslashib gollari bilan muxlislarni xursand qiladi.

60. "Verona"da o'zgarish: Kalinich Favillini almashtirdi.

59. "Verona" o'yinni o'z qo'liga oldi. Mezbonlar ketma-ket "Jenoa" darvozasi tomon hujumlar uyushtirishmoqda.

57. Kolli jarima maydonchasi ichidan "Jenoa" darvozasi tomon yaxshi zarba berdi, ammo Perin ajoyib seyv ijro etdi.

54. Bir daqiqa o'tib "Jenoa" o'yinchisi Gilone ham hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi, u raqibning qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qolgandi.

53. Navbatdagi sariq kartochka "Verona" futbolchisi Tamezga ko'rsatildi.

52. SHomurodovga nisbatan maydon markazida mezbonlar futbolchisi qoida buzdi.

48. "Jenoa" ikkinchi taymni faolroq boshladi, Eldor ham o'yinga ancha moslashib oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Jamoalar maydonga qaytishmoqda.


→ Eldor SHomurodov dastxati tushirilgan futbol to'pini yutib oling! 


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

42. Pandevga sariq kartochka ko'rsatildi. Tajribali hujumchi raqibiga nisbatan juda qo'pol o'ynagan edi.

38. Hozircha SHomurodov yomon ko'rinmayapti. Futbolchimiz ayniqsa ikkinchi qavatdagi to'plarda faol o'ynamoqda.

34. Perindan ajoyib seyv! U deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borgan Kollining zarbasini bartaraf etdi.

33. Pandev! SHomurodovning faol harakatlaridan so'ng to'p oxir-oqibat Pandevga etib keldi va u darvoza tomon zarba berdi, biroz noaniq.

28. SHomurodov Rovellaga ajoyib pas bergan edi, ammo uning zarbasi o'ta noaniq ketdi.

25. Yo'q, Rovellaning zarbasi darvoza to'sinining yuqorisidan o'tib ketdi.

24. "Jenoa" o'yinchisini jarima maydonchasi yaqinida qo'pollik bilan to'xtatishdi. Mehmonlar standartdan ajoyib vaziyatga ega bo'lishdi.

23. Perin oddiy vaziyatda xatoga yo'l qo'ydi, ammo bir amallab o'z xatosini to'g'irladi.

22. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik mezbonlar tarafida: 60% - 40%

18. SHomurodov birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo son jihatdan ko'p bo'lgan raqiblar bir amallab vaziyatni bartaraf etishdi.

16. "Jenoa" 3-5-2 sxemasida harakatlanmoqda. SHomurodov taniqli Pandev bilan tandem hosil qilgan.

13. Ilich uzoq masofadan Perin darvozasiga zarba berib ko'rdi. Ammo, asli "Yuventus"ga tegishli posbon to'pni osongina egallab oldi.

11. "Jenoa" o'yinchisi Badel qo'polligi uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

8. Jamoalar navbati bilan hujum uyushtirishga harakat qilishmoqda, ammo "Verona" biroz faolroq o'ynamoqda. 

5. SHomurodov qanotdan oldinga qarab yurdi va "Verona"ning bir o'yinchisini aldab o'tdi. Ammo, Eldorning pasi noaniq chiqdi.

4O'yinning dastlabki daqiqalaridan ikki jamoa ham keskin hujumlarga o'tmayapti va jamoalar ehtiyotkorlikka ko'proq ahamiyat berishmoqda.

1. "Jenoa" o'yinchisi Radovanovich raqibga nisbatan juda qo'pol harakat qildi, ammo hakam uni kechirdi.

1. O'yinga start berildi. Olg'a SHomurodov!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


→ Eldor SHomurodov dastxati tushirilgan futbol to'pini yutib oling! 


- Hayrli kech. Tez orada Italiya A Seriya 4-tur doirasidagi "Verona" - "Jenoa" o'yini start oladi va unda hamyurtimiz Eldor SHomurodov debyut qiladi. Bu bahsni siz aziz futbol ishqibozlari bilan birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +173   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика