Verner: "Manchester Yunayted"ga o'tishni istayman"
07 mar 2018 17:45
Yangiliklar


Verner: "Manchester Yunayted"ga o'tishni istayman"
"Leypcig" hujumchisi Timo Verner APLda o'ynashni istaydi.
"APL - orzuim. Bu liga jamoalaridan 3 yoki 4tasida o'ynashni istayman. "Manchester Yunayted" shulardan biri. Menimcha yaqin yillarda bu amalga oshadi. O'shanda men inglizchada yaxshi gapira olaman!
Nima bo'lgan taqdirda ham "Leypcig"da baxtliman. Angliyadan "Liverpul" va "Manchester Yunayted"ning o'yinlarini kuzatib boraman", - dedi Verner.
22 yoshli Verner 2016 yildan "SHtutgart"dan "Leypcig"ga ko'chib o'tgandi. SHundan keyin u 65 uchrashuvda 37 gol kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar