Verattining “Barselona”ga o'tishi amalga oshmaydigan ko'rinadi
07 iyu 2017 02:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/263105_original.jpg)
![](/upload/storage/263105_220.jpg)
Verattining “Barselona”ga o'tishi amalga oshmaydigan ko'rinadi
“PSJ” yarim himoyachisi Marko Verattining ushbu yozda “Barselona”ga o'tishi amalga oshmasligi ehtimoli yuqori.
Bu haqda Ispaniya nashrlari xabar bermoqda.
Mish-mishlarga ko'ra klublar futbolchining transferi borasida bir to'xtamga kela olishmayapti. Parijliklar futbolchini yangi mavsumda ham o'z tarkibida saqlab qolishmoqchi.
Kataloniya klubidagi manbaning qayd etishicha, “Barselona” Verattini o'z safiga qo'shib olish uchun behuda vaqt sarflamoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar